Özbekiston va ICARDA suv xöjaligi sohasida ilmiy hamkorlikni kengaytiradi
Suv tanqisligi şaroitida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş, ilmiy izlanişlar natijalarini amaliyotga tatbiq etiş hamda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qiliş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada xalqaro ilmiy taşkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş muhim örin tutadi.
Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev va Qurğoqçil hududlarda qişloq xöjaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) Boş direktori Nizar Haddad boşçiligidagi delegatsiya örtasida ötkazilgan uçraşuvda mazkur masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqotda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv tejovçi texnologiyalarni takomillaştiriş, irrigatsiya va melioratsiya sohalarida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilişiça, 1977-yilda taşkil etilgan ICARDA qurğoqçil hududlarda qişloq xöjaligini rivojlantiriş, suv va yer resurslaridan samarali foydalaniş hamda iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Markaz Özbekiston bilan 1998-yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

Uçraşuv doirasida ICARDA hamda Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Hujjatda suv resurslarini boşqarişda raqamli yeçimlardan foydalaniş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, şörlanişga qarşi kuraşiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va mutaxassislar malakasini oşiriş kabi yönalişlar belgilangan.
Mazkur kelişuv suv va yer resurslarini boşqarişda ilğor ilmiy işlanmalar hamda xalqaro tajribadan foydalaniş, şuningdek, sohadagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
N.Ziyodullayeva, ÖzA