Yoşlar bandligi va xavfsiz migratsiya böyiça muhim kelişuvga erişildi
Poytaxt yoşlarini zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarga öqitiş, şuningdek, ularning xalqaro mehnat bozorida munosib örin egallaşini taʼminlaş yölida yana bir muhim qadam taşlandi.
Xususan, Migratsiya agentligining Toşkent şahar filialida Toşkent şahar Yoşlar işlari boşqarmasi, Toşkent şahar Kasbiy taʼlim boşqarmasi hamda Migratsiya agentligi filiali rahbarlari va masʼul xodimlari iştirokida uç tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yoşlarni xorijiy tillarga öqitiş, kasbiy könikmalarini şakllantiriş hamda xorijda qonuniy iş bilan taʼminlaş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida taşkil etilgan «2+6» dasturi doirasida tuzilgan uşbu kelişuv uçta muhim tuzilmaning saʼy-harakatlarini yagona maqsad ostida birlaştirişga qaratilgan.

Endilikda tomonlar yoşlarning xorijiy tillarni özlaştiriş xarajatlarini davlat tomonidan subsidiyalaş, ularni xalqaro standartlar asosida kasb-hunarga tayyorlaş hamda qonuniy va xavfsiz mehnat migratsiyasi orqali xorijda yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş böyiça tizimli hamkorlikni yölga qöyadi.

Memorandum doirasida yoşlarni til örgatiş, kasbga tayyorlaş, xorijda işga joylaştiriş va ularni qöllab-quvvatlaş böyiça yagona tizim yölga qöyiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA