Islohotlardan milliy yuksaliş sari – Yangi Özbekistonning taraqqiyot yöli
Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi nafaqat bosib ötilgan yölni sarhisob qiliş, balki milliy taraqqiyotning kelgusi yönalişlarini belgilaşda ham muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, sönggi ön yildagi tub özgarişlar, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, davlat boşqaruvining yangilanişi hamda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan siyosat mamlakat taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 28-avgust kuni Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi ana şu tarixiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini ifodalaş bilan birga, mamlakatimizning kelgusi taraqqiyot strategiyasiga doir muhim ğoya va taşabbuslarini ilgari surgani bilan ahamiyatlidir. Davlat rahbarining «Biz bugun keçagidan kuçlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuçli bölamiz», degan sözlari bugungi Özbekistonning taraqqiyot falsafasini, xalqimizdagi bunyodkorlik ruhini va kelajakka bölgan işonçini mujassam etadi.
Mustaqillik — milliy özlik, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyotning mustahkam poydevoridir. 1991-yilda davlat mustaqilligining qölga kiritilişi Özbekistonga öz taraqqiyot yölini belgilaş, milliy davlatçilikni tiklaş va milliy manfaatlar asosida siyosat yuritiş imkonini berdi. Dastlabki yillarda davlatçilik asoslarini şakllantiriş, milliy iqtisodiyotni barpo etiş va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaş ustuvor vazifa bölgan bölsa, keyingi bosqiçlarda iqtisodiy modernizatsiya, infratuzilmani rivojlantiriş va aholi farovonligini oşirişga eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, 2016-yildan boşlangan islohotlar davrida davlat va jamiyat munosabatlarida oçiqlik, iqtisodiy erkinlik, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va qöşni davlatlar bilan yaxşi qöşniçilik aloqalarini mustahkamlaş orqali yangi siyosiy-iqtisodiy muhit şakllandi.
Eng muhimi, davlat siyosatida inson manfaatlari, aholi muammolarini joylarda hal etiş va davlat idoralarining xalqqa xizmat qilişi ustuvor böldi. «Inson qadri uçun\!» ğoyasi islohotlarning asosiy mezoniga aylandi. Bu özgarişlar aholi farovonligi, yangi iş örinlari, taʼlim va tibbiyot imkoniyatlari, zamonaviy infratuzilma hamda iqtisodiy faollikning kengayişida namoyon bölmoqda.
Sönggi ön yilda Özbekiston iqtisodiyotida yuz bergan özgarişlar mamlakatning taraqqiyot salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqdi. Ilgari iqtisodiy faoliyatning köplab sohalarida maʼmuriy çeklovlar va sunʼiy tösiqlar ustunlik qilgan bölsa, bugun xususiy taşabbus, investitsiyaviy faollik, raqobat va taşqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025-yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 1 849,7 trillion sömni taşkil etdi. Iqtisodiyotning real ösiş surʼati 7,7 foizga yetdi. Şuningdek, 2025-yilda sanoat işlab çiqarişi 6,8 foizga, quriliş işlari 14,2 foizga, bozor xizmatlari 14,7 foizga ösdi. Bu körsatkiçlar iqtisodiyot tarmoqlarining kengayişi va işlab çiqariş imkoniyatlarining ortib borayotganini körsatadi.
Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi nutqida taʼkidlanganidek, ilgari mamlakat iqtisodiyotiga yiliga 2–3 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilingan bölsa, bugun uşbu körsatkiç 40–50 milliard dollarga yetdi. Bu jarayon nafaqat moliyaviy resurslar oqimining köpayişi, balki zamonaviy texnologiyalar, boşqaruv tajribasi, yangi işlab çiqariş madaniyati va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanişiga ham xizmat qilmoqda. Biroq iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqiçida asosiy vazifa faqat investitsiya hajmini oşirişdan iborat emas. Eng muhim masala — jalb etilayotgan sarmoyalarning texnologik samaradorligi, mahalliy işlab çiqarişda qöşilgan qiymat uluşi, eksport salohiyati va aholi bandligiga taʼsirini kuçaytirişdir.
Şu maʼnoda, davlat rahbari tomonidan kelgusi ön yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş, 2030-yilga qadar yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkaziş va sanoatda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş vazifalarining belgilanişi iqtisodiy siyosatda sifat jihatidan yangi bosqiç boşlanayotganini anglatadi. Bu maqsadlarga erişiş uçun sanoatni diversifikatsiya qiliş, qayta işlaş tarmoqlarini rivojlantiriş, mahalliy xomaşyodan samarali foydalaniş, transport-logistika tizimini modernizatsiya qiliş va hududlarning raqobat ustunliklarini töliq işga soliş talab etiladi.
Har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti, avvalo, uning inson kapitaliga, yaʼni aholining bilim darajasi, kasbiy mahorati, intellektual salohiyati va ijodiy imkoniyatlariga boğliq. Şu nuqtai nazardan, sönggi ön yilda Özbekistonda taʼlim tizimini isloh qiliş, yoşlarning bilim olişi va kasb egallaşi uçun şart-şaroitlarni kengaytiriş borasida amalga oşirilgan işlar alohida eʼtiborga loyiq. Maktabgaça taʼlim qamrovining 78 foizga yetkazilişi, maktablarda 1,5 million qöşimça öquvçi örni yaratilişi, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoğining kengayişi taʼlim tizimidagi muhim özgarişlardir.
Oliy taʼlim sohasida muassasalar soni va qabul imkoniyatlari kengayib, xususiy hamda xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari faoliyati yölga qöyildi. Natijada talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi, ularning yarmidan köpini xotin-qizlar taşkil etdi. Biroq bugungi global raqobat şaroitida asosiy vazifa taʼlim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyat va amaliy könikmalarni rivojlantiriş hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlaşdan iborat.
Prezident nutqida kelgusi yillarda kamida 10 ta universitetni dunyoning eng yaxşi 1000 ta oliy taʼlim muassasasi qatoriga kiritiş vazifasining belgilanişi ham ana şu maqsadga xizmat qiladi. Buning uçun oliy taʼlim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş zarur. Universitetlar faqat nazariy bilim beruvçi muassasalar emas, balki ilmiy işlanmalar yaratiladigan, innovatsion ğoyalar işlab çiqiladigan va iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik muammolariga yeçim taklif etadigan markazlarga aylanişi lozim. Ayniqsa, sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot, biotexnologiya, robototexnika, geoinformatsion texnologiyalar va muhandislik yönalişlarida kadrlar tayyorlaş strategik ahamiyatga ega. Şu jihatdan, davlat rahbarining «Özbek tili — raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bölişi lozim», degan fikri ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat tilni asrab-avaylaş, balki milliy ilmiy maktab, raqamli kontent, sunʼiy intellekt va zamonaviy bilimlar tizimida özbek tilining mavqeini mustahkamlaş vazifasidir.
Islohotlarning eng muhim natijasi inson hayotidagi ijobiy özgarişlarda namoyon böladi. Şu maʼnoda, kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş, oilalarning daromad manbalarini kengaytiriş va ijtimoiy himoya tizimini takomillaştiriş davlat siyosatining muhim yönalişiga aylandi. Prezident nutqida keltirilgan maʼlumotlarga köra, mamlakatda kambağallik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tuşirildi. Bu körsatkiç ortida millionlab insonlarning mehnat faolligi, kasb-hunar egallaşi, tadbirkorlik bilan şuğullanişi va oilaviy daromadlarining ortişi kabi jarayonlar mujassam.
«Mahallabay» işlaş tizimining yölga qöyilişi ijtimoiy siyosatning aholiga yaqinlaşişiga xizmat qildi. Endilikda oilalarning iqtisodiy ahvoli, kasbiy imkoniyatlari, farzandlarining taʼlimi va ijtimoiy ehtiyojlari mahalla darajasida örganilib, ularni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari işlab çiqilmoqda. Şuningdek, 650 mingdan ziyod oilaning zamonaviy uy-joyga ega bölgani, minglab mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining yangilanişi aholi turmuş sifatini oşirişda muhim örin tutmoqda. Endigi vazifa kambağallikni faqat moddiy yordam beriş orqali emas, balki barqaror iş örinlari, sifatli taʼlim, kasbiy malaka, tadbirkorlik va iqtisodiy mustaqillikni taʼminlaş orqali qisqartirişdan iborat bölişi kerak.
Mamlakat taraqqiyotini faqat poytaxt yoki yirik şaharlar misolida baholaş töğri emas. Har bir viloyat, tuman va şaharning iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş, ular örtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytiriş milliy taraqqiyotning muhim şarti hisoblanadi. Özbekistonning tabiiy-geografik örni, mehnat resurslari, qişloq xöjaligi imkoniyatlari, mineral-xomaşyo zaxiralari, transport-logistika salohiyati va tarixiy-madaniy merosi hududiy rivojlaniş uçun katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, Janubiy Özbekiston — Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarining iqtisodiy-geografik imkoniyatlari mamlakatning umumiy taraqqiyotida muhim örin tutmoqda. Uşbu hududlar qişloq xöjaligi, çorvaçilik, sanoat, quriliş materiallari işlab çiqariş, töqimaçilik, qayta işlaş sanoati va turizmni rivojlantiriş uçun katta salohiyatga ega.
Surxondaryo viloyatining Afğoniston bilan çegaradoşligi, Termiz xalqaro transport-logistika markazi, avtomobil va temir yöl tarmoqlari, xalqaro savdo yölaklariga çiqiş imkoniyatlari uning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikdagi ahamiyatini oşiradi. Qaşqadaryo viloyati esa yoqilği-energetika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi va qayta işlaş tarmoqlari bilan mamlakat iqtisodiyotida muhim örin egallaydi. Biroq mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş uçun hududlarda xomaşyoni dastlabki holda sotişdan tayyor mahsulot işlab çiqarişga ötiş, mahalliy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, ilmiy muassasalarning hududiy iqtisodiyot bilan hamkorligini kuçaytiriş zarur. Prezident nutqida ilgari surilgan mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisiga aylantiriş taşabbusi ham hududiy boşqaruvda muhim buriliş yasaşi mumkin. Çunki mahalliy byudjet, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalarini aholi ehtiyojlari asosida şakllantiriş hududiy rivojlanişning samaradorligini oşiradi.
Bugungi global iqlim özgarişi, suv resurslari taqçilligi, yerlarning şörlanişi, çöllaniş va biologik xilma-xillikning kamayişi Özbekiston uçun ham jiddiy muammolarni keltirib çiqarmoqda. Ayniqsa, suv resurslariga boğliq qişloq xöjaligi iqtisodiyotimizda suvdan oqilona foydalanişni strategik vazifaga aylantiradi. Şu sababli Prezident nutqida törtinçi milliy dasturning suv va tabiatga munosabatni tubdan özgartirişga yönaltirilgani bejiz emas. Kelgusi beş yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkaziş, «Yaşil makon» umummilliy harakatini yangi bosqiçga olib çiqiş va şahar hamda tuman markazlarida yaşil hududlar kölamini 30 foizga yetkaziş vazifalari ekologik siyosatning ustuvor yönalişlarini belgilab beradi.
Endilikda ekologik barqarorlikni faqat daraxt ekiş yoki obodonlaştiriş işlari bilan çeklab bölmaydi. Suv resurslarini integratsiyalaşgan holda boşqariş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, çiqindilarni qayta işlaş, muqobil energiya manbalaridan foydalaniş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş ham umummilliy vazifaga aylanişi lozim. Bu jarayonda ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarning örni beqiyos. Geografik axborot tizimlari, masofadan zondlaş, sunʼiy yöldoş maʼlumotlari va raqamli monitoring orqali tabiiy resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş mumkin.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan nutqida ilgari surilgan yetti milliy dastur mamlakat taraqqiyotining kelgusi ön yillikdagi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi: birinçidan, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş — bu taʼlim tizimining barça bosqiçlarini modernizatsiya qiliş, xalqaro standartlarni joriy etiş, kasb-hunar taʼlimini rivojlantiriş va raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşni talab etadi; ikkinçidan, aholi salomatligi va uzoq umr körişini taʼminlaş — profilaktik tibbiyot, davlat tibbiy suğurtasi, zamonaviy diagnostika, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarini rivojlantiriş inson kapitalining sifatini oşirişga xizmat qiladi; uçinçidan, iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga ötkaziş — bunda sanoatni texnologik yangilaş, investitsiyalarni köpaytiriş, startap va vençur moliyalaştiriş tizimini rivojlantiriş, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş muhim ahamiyatga ega; törtinçidan, suv va tabiatga munosabatni özgartiriş — bu ekologik xavfsizlik, resurslardan oqilona foydalaniş va yaşil iqtisodiyotni rivojlantirişni nazarda tutadi; beşinçidan, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlaş — qonuniylik, adolat, fuqarolar huquqlari va tadbirkorlik kafolatlari iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam institutsional asosidir; oltinçidan, mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisiga aylantiriş — bu davlat boşqaruvini aholi ehtiyojlariga yaqinlaştiriş, mahalliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va hududiy rivojlanişda jamoatçilik iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi; yettinçidan, Özbekistonning tinçlik va döstlik diyori sifatidagi xalqaro nufuzini oşiriş — Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik, mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy diplomatiya va xalqaro munosabatlarni mustahkamlaş mamlakatimizning global jarayonlardagi örnini kuçaytiradi.
Uşbu dasturlar bir-biridan ajralgan vazifalar emas, balki yagona taraqqiyot tizimining özaro boğliq yönalişlaridir. Masalan, sifatli taʼlim yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi, ular esa innovatsion iqtisodiyotning rivojlanişiga xizmat qiladi. Iqtisodiy ösiş aholi daromadlarini oşiradi, ijtimoiy farovonlik esa taʼlim va tibbiyot sifatini yaxşilaş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Qonun ustuvorligi va samarali mahalliy boşqaruv esa barça islohotlarning natijadorligini taʼminlaydi.
Şu maʼnoda, mustaqillikning 35 yilligiga bağişlangan Prezident nutqidagi ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar oddiy kelgusi rejalar majmui emas. Ular mamlakatning yangi tarixiy taraqqiyot bosqiçiga ötişini anglatadigan strategik yönalişlardir. Eng muhimi, bu yuksalişning haqiqiy ijodkori xalqning özi bölişi kerak. Har bir fuqaroning bilim olişi, halol mehnat qilişi, kasb egallaşi, taşabbus körsatişi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşişi umummilliy maqsadlarga erişişning eng işonçli kafolatidir.
Prezident nutqidagi «Biz yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etamiz!» degan ğoya ana şu tarixiy masʼuliyatni yana bir bor eslatadi. Zero, mustaqillikning haqiqiy qadri — erkin fikrlaydigan, bilimli, soğlom, taşabbuskor va farovon insonlar yaşaydigan jamiyatni barpo etişda namoyon böladi. Özbekistonning kelgusi ön yilligi ana şu maqsadlar yölidagi yangi sinovlar, yangi imkoniyatlar va yangi ğalabalar davri bölişi şubhasiz. Bu yölda xalq va davlat birligi, ilm-fan va innovatsiya, adolat va mehnat, tinçlik va hamkorlik eng muhim tayançlarimiz bölib qoladi.
Ötkir YAKUBOV,
geografiya fanlari nomzodi;
Termiz davlat pedagogika instituti
Tarix va geografiya kafedrasi professori.
ÖzA