Özbekiston – bağrikeng diyor
Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Bağrikenglik haftaligi» doirasida qardoş va qöşni xalqlarning adabiy merosiga bağişlangan kitob körgazmasi va davra suhbati bölib ötdi. Körgazmada 200 dan ortiq kitob namoyiş etildi.
«Yangi Özbekiston — Yoşlar ziyo maskani»da «Yangi Özbekiston kitob va kutubxonadan boşlanadi» şiori ostida ötgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman bölimi vakillari, nuroniylar, milliy madaniy markazlar faollari, ijodkorlar va yoş kitobxonlar iştirok etdi.
Kitobxonlar özbek, rus, qozoq, qirğiz, tojik, turkman va boşqa xalqlar adiblarining asarlari bilan tanişdi. Körgazmadan nasriy asarlar, şeʼriy töplamlar va tarixiy kitoblar örin oldi.
Davra suhbatida iştirokçilar yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda adabiyotning örni haqida fikr almaşdi.
[gallery-32615]
Taʼkidlanganidek, turli xalqlarning adabiyotini öqiş orqali kitobxon ularning tarixi, madaniyati va qadriyatlarini yaqindan anglaydi. Bu esa millatlar örtasida döstlik, hamjihatlik va özaro hurmatni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA