Avval xabar berilganidek, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Yoshlar kutubxonasida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi davom etmoqda.

Belgilangan 10-14, 15-19 hamda 20-30 yosh toifasida o‘tkazilayotgan tanlovning 15-19 yoshli ishtirokchilari o‘rtasidagi bahslar ham yakuniga yetib, g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Beshta shart bo‘yicha o‘tgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori – 340,3 ball jamg‘argan Toshkent shahri vakili Oguljeren Xaldurdiyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Unga Prezident sovg‘asi – BYD “Chazor” elektromobili topshirildi.

[gallery-22543]

Tanlovda 301,7 ball to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallagan Sirdaryo viloyati vakili Shahnozabonu Murodova 75 million so‘m, 296 ball to‘plab uchinchi o‘rinni egallagan Samarqand viloyati vakili Mohinur Muxtorova 50 million so‘m, qolgan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi 31 martga qadar davom etadi.

F.  Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh kitobxon”: navbatdagi g‘oliblar taqdirlandi