Yevropa texnologik uyqudan uyğonmoqçi
Yevropa Ittifoqi AQŞ va Xitoy bilan raqobatda ortda qolmaslik uçun kvant texnologiyasi sohasiga 50 milliard yevro sarmoya jalb etişni rejalaştirgan. Yevrokomissiya taqdim etgan yangi “Kvant texnologiyasi töğrisida”gi qonun loyihasi qitʼada sohani rivojlantiriş, mahalliy işlab çiqariş kölamini kengaytiriş va kiber xavfsizlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Kvant texnologiyasi hisoblaş quvvatini keskin oşiriş, aloqa xavfsizligini kuçaytiriş va yangi ölçov uskunalari yaratiş imkonini beradi. Bunday kompyuterlar hozirgi şifrlaş tizimini buzişi ham mumkin. Şu bois YEI 2030-yilgaça muhim infratuzilmada, 2035-yilga qadar esa boşqa tizimlarda ham yangi avlod kriptografiyasiga ötiş rejasini tuzgan. Mazkur taşabbus har bir aʼzo davlatda tegişli kompaniyalarga texnik yordam beradigan markazlar taşkil etişni ham nazarda tutadi.
Rejaning yana bir muhim qismi – Yevropa texnologiya mustaqilligi uçun maxsus jamğarma taşkil etiş. Şu yöl bilan kvant texnologiyasi va sunʼiy intellekt kabi strategik sohalarga xususiy sarmoya jalb qilinadi. Yevropa Komissiyasi har bir yevro davlat mablağiga olti yevrogaça xususiy investitsiya kiritişni közlayapti. Jamğarma 2028-yilgaça işga tuşiriladi. Qonun loyihasi endi parlament muhokamasiga kiritiladi.
Musulmon Ziyo,
ÖzA