Polşa Rossiya elçisiga keskin nota topşirdi (+video)
Rossiyaning Varşavadagi elçisi Georgiy Mixno juma kuni Rossiya raketalari Polşa hududiga ötgani sababli mamlakat Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi. Elçi vazirlikda atigi töqqiz daqiqa böldi. U raketalar RFga tegişli ekanini rad etdi, deb xabar bergan “Euronews”.
Rossiyaning Ukrainaga hujumi vaqtida Polşa hududiga uçta qanotli raketa tuşgan. Vazirlikka kirişidan oldin jurnalistlar rus raketalari nima uçun uşbu davlat hududiga ötganini söraganda elçi “Rossiyaning bu hodisaga heç qanday aloqasi yöq”, — deya javob bergan.
Idoradan çiqqandan söng Mixno jurnalistlar savoliga javob beriş örniga tayyorlagan bayonotini öqib eşittirgan.
Uning aytişiça, raketalar aynan Rossiyaga tegişli ekanini isbotlaydigan aniq dalil keltirilmagan.
Diplomat Moskvaga qöyilayotgan ayblovni asossiz deb atadi va Polşa hukumatini Rossiyaga qarşi kayfiyatni kuçaytirişda aybladi.
– Hozirgaça uşbu obʼektlar qayerdan kelganini aniq körsatadigan işonçli dalil taqdim etilmadi, – degan u. – Rossiyani asossiz ayblov va taxmin orqali javobgar qilişga urinişmoqda.
Mixno fikriça, rasmiylarning bu boradagi çiqişi Rossiyaga qarşi kayfiyatni kuçaytiradi.
Elçidan keyin Taşqi işlar vazirligi vakili Matsey Vevyur jurnalistlar oldida çiqiş qilib, boş rus diplomatiga öta keskin nota topşirilganini maʼlum qildi:
– Janob elçiga juda keskin nota topşirildi. Diplomatiyada har bir söz muhim. Şuning uçun nota öta qatʼiy mazmun kasb etganini alohida taʼkidlayman.
Uning aytişiça, Polşa Rossiya harakatiga nisbatan rasmiy norozilik bildirgan. Zero, bunday qadam nafaqat bir mamlakat, balki NATO davlatlari xavfsizligiga ham tahdid soladi.
Jurnalistlar hukumat Rossiya elçisini mamlakatdan çiqarib yuborişni rejalaştirayotgani haqidagi faraz yuzasidan ham izoh söraşdi.
Vevyur ayni ehtimolni inkor etmagan holda, şoşilinç qaror qabul qilmaslik kerakligini bildirgan.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA