Armaniston Konstitutsiyani özgartirmoqçi (+video)
Armaniston hukumati yangi Konstitutsiya loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda mamlakat Mustaqillik deklaratsiyasidagi Armaniston va Toğli Qoraboğni birlaştiriş haqidagi bandga işora olib taşlangan. Bu özgarişdan közlangan maqsad – Ozarbayjonning hududiy daʼvo böyiça eʼtirozini bartaraf etiş va ikki davlat örtasida tinçlik şartnomasi imzolanişiga yöl oçiş, deya xabar bergan DW.
Ozarbayjon voqeani ijobiy baholagan, Armaniston muxolifati esa hukumatni Boku bosimiga yon berişda ayblamoqda. Ekspertlar Konstitutsiyaga özgariş kiritilişi öz-özidan tinçlik şartnomasi imzolanişini kafolatlamasligiga eʼtibor qaratyapti. Yaʼni, transport yölaklarini oçiş va mintaqadagi kuçlar muvozanati ham muhim masala bölib turibdi.
Endi asosiy masala – Konstitutsiya loyihasini parlamentda referendumga çiqariş uçun yetarli ovoz töplaş va xalqning qöllab-quvvatloviga erişiş. Xullas, tahlilçilar fikriça, Konstitutsiyadan Qoraboğ bilan boğliq işora olib taşlanişi tinçlik jarayonidagi muhim qadam bölsa-da, Armaniston va Ozarbayjon kelişmovçiligi töliq bartaraf etilganini anglatmaydi.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA