Yaylovdan ekoturizm, asalariçilik yönalişlarida foydalanişga ham ruxsat beriladi
Yaylov yerlaridan unumli foydalaniş va ularni muhofaza qiliş ham ekologiya, ham çorvaçilik rivoji nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.
Maʼlumotlarga köra, bugungi kunda respublikamizda 21,2 million gektar yaylov yerlari mavjud bölib, ular mamlakatimiz umumiy yer maydonining 47 foizini taşkil etadi. Şundan 16,3 million gektari Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi hududiy yaylov xöjaliklari hisobida, 3 million gektari örmon fondi, 1 mln dan ortiği tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş va rekreatsiya maqsadlariga möljallangan. Bundan taşqari, 890 ming gektar maydonlar fermer xöjaliklari, qişloq xöjaligi, korxona va boşqa taşkilotlarga töğri keladi.
Biroq, yaylovlardan foydalaniş tartiblari va normalariga yetarliça rioya etilmaganligi, tabiiy-iqlim omillari hamda inson faoliyati taʼsirida ularning ekologik holati yomonlaşib bormoqda.
Şu bois, “Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilib, unda yaylovlarni muhofaza qiliş va degradatsiyani qisqartiriş böyiça raqamli texnologiyalarga asoslangan samarali mexanizmlarini joriy qiliş, yaylovlardan “iqtisodiy aktiv” sifatida foydalaniş, jamoat yaylovlarini taşkil etiş uçun huquqiy asoslar yaratiş masalalari közda tutilgan.

Qonunçilik palatasining bugungi majlisida uşbu qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqilar ekan, uning bugungi kundagi ahamiyati alohida eʼtirof etildi. Taʼkidlanganidek, loyiha bilan yaylovdan foydalaniş yönalişlari kengaytirilib, çorvaçilikdan taşqari ekoturizm, asalariçilik, dorivor ösimliklar yetiştiriş kabi yangi daromadli yönalişlarda ham faoliyatga ruxsat berilmoqda.
Şuningdek, aholi xonadonlarining yaylovlardan foydalanişini qonuniylaştiriş, çorva mollarini boqişda aholiga qulay şaroit yaratiş maqsadida jamoat yaylovlari instituti joriy qilinmoqda.
Işlatilmayotgan yaylovlarni iqtisodiy aylanmaga kiritiş mexanizmi (elektron auksion, investitsiya şartnomasi va davlat-xususiy şeriklik asosida) yaratilmoqda. Yaylovdan foydalaniş tartib-taomillari mahalliy aholi va biznes uçun soddalaştirilgan tarzda (ijara şartnomasi va çipta mexanizmlari asosida) amalga oşirilişi közda tutilmoqda.
Qonun loyihasidagi normalar yaylovlardan foydalaniş va ularni muhofaza qiliş, yaylovlarni qayta tiklaş va mahsuldorligini oşiriş böyiça işlarni rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Muhtarama Komilova, ÖzA