Yaylovdan foydalaniş yönalişlari kengaytiriladi
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining yiğilişida bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.
Xususan, birinçi öqişda körib çiqilgan “Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi yaylovdan foydalaniş yönalişlarini kengaytirişga qaratilgan.
Taʼkidlanganidek, uşbu qonun loyihasi bilan yaylovdan foydalanişda çorvaçilikdan taşqari ekoturizm, asalariçilik, dorivor ösimliklar yetiştiriş kabi yangi daromadli yönalişlarda ham faoliyatga ruxsat berilmoqda.
Şuningdek, yaylovlardan foydalanişning yangi normalari va normativlarini joriy etiş, ularni toifalarga ajratiş taklif etilmoqda. Aholi xonadonlarining yaylovlardan qonuniy va qulay foydalanişini taʼminlaş maqsadida jamoat yaylovlari institutini joriy etiş közda tutilmoqda.

Bundan taşqari, yaylovlarni raqamli hisobga oliş, ularning holatini muntazam kuzatib boriş va nazorat qiliş maqsadida “E-yaylov” elektron platformasini işga tuşiriş belgilanmoqda. Monitoring jarayonlarida sunʼiy intellekt, geoaxborot texnologiyalari va sunʼiy yöldoş maʼlumotlaridan foydalaniş nazarda tutilmoqda. Bu orqali yaylovlar holatini baholaş, degradatsiya jarayonlarini öz vaqtida aniqlaş va ularning oldini oliş çoralarini belgilaş imkoniyati kengayadi.
Fraksiya aʼzolari muhokamalar davomida qonun loyihasi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Undagi normalar yaylovlar degradatsiyasining oldini oliş, tuproq va ösimlik qoplamini saqlaş, biologik xilma-xillikni muhofaza qiliş, çorvaçilikning ozuqa bazasini mustahkamlaşda alohida ahamiyat kasb etişi, bu esa partiya dasturiy vazifalariga hamohang ekanligi taʼkidlandi.
M.Komilova,
ÖzA