Yaşirilgan oltin quymalar foş böldi
Qimmatbaho metall va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirgan holda olib ötişga uriniş qonunçilikda belgilangan javobgarlikka sabab böladi.
Ammo bu huquqiy normani çuqur anglamagan, “bilsa hazil, bilmasa çin” qabilida iş körgan “uddaburon” tomonidan tillalarni yurtimiz hududidan boşqa çet el mamlakatiga olib çiqişining oldi olindi.
Namangan viloyati bojxona boşqarmasining “Namangan xalqaro aeroporti”dagi çegara bojxona posti xodimlari Davlat xavsizlik xizmati aviatsiya xavfsizligini taʼminlaş xodimlari hamda Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda «Namangan–Dehli» yönalişidagi aviareysi orqali Hindistonning Dehli şahriga uçib ketayotgan Özbekiston fuqarosi yuklari bojxona nazoratidan ötkazildi.

– Nazorat jarayonida yölovçining yuklari orasidagi mayiz va yonğoqlar aralaşmasi solingan paket tekşirilganda, uning içiga kiçik oltin quymaçalar yaşirilgani maʼlum böldi, – deydi Namangan viloyati bojxona boşqarmasi jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar böyiça boş inspektori, kapitan Anastasiya Ataxanova. – Buning natijasida, yuklar orasidan umumiy qiymati 108 million 540 ming sömlik, 90,45 gramm oğirlikdagi sariq rangli metalldan yasalgan yarim tayyor zargarlik buyumlari hamda tört dona qölbola tilla quymalari aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri