Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlandi
Bugun suv xöjaligi sohasida zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega, taşabbuskor hamda malakali muhandis kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday mutaxassislarni tayyorlaşda nazariy taʼlimni işlab çiqariş jarayonlari bilan uyğunlaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasida dual taʼlim dasturi asosida taşkil etilgan olti oylik amaliyotning yakunlanişi ham şu yönalişdagi işlar samarasidir.
Mazkur dastur Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi «Qişloq va suv xöjaligi muhandislarini tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yölga qöyilgan.
— Dual taʼlim — nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyğunlaştirib, talabani kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlaşning samarali tizimidir. Bu jarayonda yoşlar faqat auditoriyada bilim oliş bilan çeklanmay, bevosita işlab çiqariş muhitida mehnat qiliş, sohaning öziga xos jihatlarini örganiş va kasbiy könikmalarini şakllantiriş imkoniyatiga ega bölişadi. Ayniqsa, suv xöjaligi kabi katta masʼuliyat va amaliy tajriba talab etadigan sohada bunday yondaşuvning ahamiyati beqiyos. Bizning maqsadimiz — nazariy bilimga ega böliş bilan birga, uni amaliyotda qöllay oladigan, mustaqil qaror qabul qilişga qodir va zamonaviy talablarga javob beradigan muhandis kadrlarni tayyorlaşdir, — dedi boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Obid Ahmatqulov.
Şu munosabat bilan boşqarma boşliğining birinçi örinbosari Obid Ahmatqulov hamda «Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti professori N. Durdiyev iştirokida amaliyotçi talabalar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Olti oy davomida talabalar Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi va uning tarkibiy taşkilotlarida amaliyot ötab, oliy taʼlim muassasasida özlaştirgan nazariy bilimlarini bevosita işlab çiqariş jarayonida qöllaş imkoniyatiga ega böldilar.
Jumladan, ular irrigatsiya tizimlarini boşqariş, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalaniş, suğoriş jarayonlarini taşkil etiş, suv hisobi va monitoringini yuritiş, suv xöjaligi obʼektlari faoliyatini örganiş hamda zamonaviy suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş yönalişlarida amaliy tajriba orttirdilar.
Soha mutaxassislari bilan hamkorlikdagi maşğulotlar davomida talabalar işlab çiqarişdagi mavjud muammolarni tahlil qiliş, kasbiy vazifalarni bajariş, iş jarayonlarini taşkil etiş va jamoa bilan işlaş böyiça muhim könikmalarni egalladilar. Bu esa ularning kelgusida kasbiy faoliyatga puxta tayyorgarlik körişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Uçraşuvda olti oylik amaliyot natijalari sarhisob qilinib, talabalarning erişgan yutuqlari va faolligi alohida eʼtirof etildi. Bilimga intilişi, taşabbuskorligi va amaliyotdagi faol iştiroki bilan ajralib turgan uç nafar talabaga Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi rahbarining bir martalik stipendiyasi topşirildi. Boşqa talabalar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlanişdi.

Muloqot davomida yoşlarning kelgusidagi kasbiy faoliyati, oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan söng suv xöjaligi tizimidagi taşkilot va muassasalarga işga joylaşiş imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş va sohada munosib örin egallaşi uçun zarur şaroitlar yaratiş muhimligi taʼkidlandi.
Dual taʼlimning asosiy afzalligi şundaki, talabalar nazariy bilimlarni özlaştiriş bilan birga, ularni işlab çiqariş jarayonida qöllaş, kasbiy masʼuliyatni his etiş va real iş şaroitida tajriba orttiriş imkoniga ega böladilar. Natijada nazariy bilim amaliy mahorat bilan uyğunlaşib, mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi tomonidan kelgusida ham oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni rağbatlantiriş va suv xöjaligi tizimini bilimli, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlaşga qaratilgan işlar izçil davom ettiriladi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri