Ğozğonda tadbirkorlik uçun yangi imkoniyatlar
Navoiy viloyati Ğozğon şahrida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, mahalliy xomaşyo negizida işlab çiqarişni kengaytiriş va xizmat körsatiş sohasini rivojlantirişga eʼtibor qaratilmoqda. Bu yangi iş örinlari yaratiş va aholi daromadlarini oşirişga xizmat qilmoqda.
Ğozğon tabiiy marmar va granit zaxiralari bilan ajralib turadi. Şahar iqtisodiyotida toş qazib oliş, uni qayta işlaş hamda quriliş va pardozlaş materiallari işlab çiqariş yetakçi örin tutadi. Mavjud xomaşyo resurslaridan samarali foydalaniş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali tayyor mahsulot işlab çiqariş imkoniyatlari kengaymoqda.
Tadbirkorlik taşabbuslarining moliyaviy va taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlanayotgani yangi korxonalar taşkil etiş va mavjudlarining faoliyatini kengaytirişda muhim omil bölmoqda. Imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari biznes loyihalarini amalga oşirişga kömaklaşsa, davlat xizmatlarining raqamlaştirilişi tadbirkorlarning vaqt va xarajatlarini tejaş imkonini beryapti.
Şaharda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, yoşlarni biznesga jalb etişga ham alohida ahamiyat berilgan. Savdo, transport xizmati, hunarmandçilik va quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişlarida kiçik biznes subʼektlari faoliyat yuritmoqda.
[gallery-32549]
Tadbirkorlik faoliyatining kengayişi şaharning işlab çiqariş salohiyatini yuksaltiriş, xizmatlar turini köpaytiriş va aholi bandligini taʼminlaşga hissa qöşmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), ÖzA