Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin kunlarda Rossiyada sun’iy go‘sht sotuvga chiqariladi

Rossiyaning “BioFoodLab” kompaniyasi sun’iy go‘sht ishlab chiqara boshladi.

Mazkur mahsulotning dastlabki partiyasi “Bite” brendi ostida, oktyabrning oxiridan boshlab mamlakat poytaxtidagi yirik savdo markazlari va restoranlarga tarqatiladi.

Bu haqda kompaniya vakillari “Inc” nashriga ma’lumot bergan.

Kompaniya o‘zi o‘tkazgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan, unga ko‘ra, aksariyat iste’molchilar, ya’ni 600 ishtirokchining 80 foizi “Bite” kotletlarini haqiqiy go‘shtdan ajrata olmagan.

Tahlilchilar sun’iy go‘shtning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan o‘simlik oqsili tez hazm bo‘lishini va yog‘lilik darajasi 42 foizga kam bo‘lishini aytmoqda.