O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 24-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Yaponiya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Yaponiya Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari 25-oktabrga belgilangan.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolar muhokama qilinishi mo‘ljallangan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlarning Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko‘plab hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya Bosh vaziri Toshkentga keldi