Bayroğimizda milliy qadriyatlar, tinçlik, istiqbolga işonç mujassam
Şu kunlarda Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi yurtimiz böylab keng nişonlanmoqda. Joylarda qator tadbirlar, davra suhbati va maʼnaviy-maʼrifiy keçalar taşkil etilmoqda.
Jumladan, sana munosabati bilan Özbekiston Ekologik partiyasi Yoşlar qanoti faollari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari iştirokida parlament quyi palatasida “Bayroğimiz — milliy ğurur va iftixorimiz!” şiori ostida tadbir ötkazildi.
Yoşlarda Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyğularini mustahkamlaş, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş hamda iştirokçilarni parlament faoliyati bilan yaqindan taniştiriş maqsadida taşkil etilgan tadbirda bayroğimizning tarixiy ahamiyati haqida söz bordi.
Iştirokçilar bayroğimizda mujassam bölgan milliy qadriyatlar, tinçlik, ezgulik va istiqbolga işonç ğoyalari haqida söz yuritdi. U mustaqilligimiz, milliy özligimiz va xalqimizning buyuk kelajakka intilişini ifoda etuvçi muqaddas ramz ekani taʼkidlandi.

Tadbirda ekologik xavfsizlikni taʼminlaş, yoşlarning ekologik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy loyihalarga keng jalb etiş hamda parlament faoliyatidagi iştirokini kuçaytiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Ekopartiya fraksiyasi aʼzolari bu borada mamlakatimizda amalga oşirilayotgan işlar hamda xalqaro maydonda Özbekistonning ekologik taşabbuslari haqida maʼruza qilib, yoşlarning ekologik muammolarga nisbatan masʼuliyat bilan yondaşişi zarurligini qayd etdi.
Tadbir davomida yoşlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi binosi bilan tanişib, parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayonlari haqida maʼlumotlarga ega böldi.
M.Komilova,
ÖzA