Byudjet mablağlarining sarflanişi böyiça vazirlik axboroti eşitildi
Davlat byudjeti mablağlaridan maqsadli va samarali foydalaniş sohalar taraqqiyoti va aholi farovonligida muhim ahamiyatga ega. Bu borada barça vazirlik, idora va taşkilotlarda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi tomonidan Adliya vazirligining “2026-yilda byudjet mablağlaridan foydalaniş bilan boğliq maqsadli intikatorlari bajarilişi, byudjet va byudjetdan taşqari mablağlar hisobidan belgilangan maqsadli körsatgiçlarga erişiş hamda mablağlarning sarflaniş holati töğrisida”gi axboroti eşitildi.
Eşituvda belgilangan maqsadli indikatorlarga erişiş darajasi, adliya organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlariga körsatilayotgan xizmatlar sifati muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, vazirlik tomonidan hisobot davrida yagona davlat huquqiy siyosatini yuritiş, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlaştiriş va samaradorligini oşiriş böyiça strategik maqsadlarni amalga oşiriş uçun ajratilgan mablağning 240,1 milliard sömi, yaʼni 85 foizi özlaştirilgan. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan 14 ta maqsadli indikatorning yillik ijrosi örtaça 2 barobardan ortiq bajarilgan, 1 ta indikator böyiça ijro 50 foizdan oşmagan.
Muhokamalarda ayrim maqsadli körsatkiçlar, xususan, davlat xizmatlarini körsatiş tartib-taomillarini soddalaştiriş, davlat xizmatlari markazlari xizmatlaridan foydalanuvçilar qamrovini kengaytiriş, huquqiy tarğibot işlarining samaradorligini oşiriş, advokatlik faoliyat turi bilan şuğullanişga bölgan tösiqlarni olib taşlaş haqidagi qonunçilik takliflarini işlab çiqiş lozimligi qayd etildi.
Şuningdek, byudjet mablağlari hisobiga aniq natijalarga erişiş muhimligi alohida taʼkidlandi. Byudjet mablağlari samaradorligini baholaşda faqat statistik körsatkiçlar bilan çeklanib qolmasdan, ularning amaliy taʼsiriga eʼtibor qaratiş, tahlil qilib boriş zarurligi aytib ötildi.
M.Komilova,
ÖzA