“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Memorandumlar kuni” o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida universitetlararo hamkorlikni kuchaytirish va mustahkamlash, turli darajadagi tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarning keng qatlamiga tez va unumli yetkazishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Memorandumlar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda 8 ta universitet, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalar yetakchilari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur memorandumlar yoshlar orasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
[gallery-19461]
“Memorandumlar kuni”da talabalar va universitet mutasaddilari o‘rtasida muloqot tashkil qilindi. Unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish va yetakchi talabalar o‘rtasida tajriba almashishni rag‘batlantirish maqsadida turli taqdimotlar va ma’ruzalar tashkil etildi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA