Yangi Özbekiston tibbiyoti: inqilobiy özgarişlar va şifokorlar eʼtirofi
Prezidentimiz boşçiligida olib borilayotgan keng kölamli islohotlardan közlangan maqsadlar ulkan. Inson umri, salomatligi haqida gap ketganda, buning naqadar muhim va dolzarb ekani anglaşiladi. Zamonaviy instrumentlar, apparatlar bilan jihozlangan muassasa bilan birgalikda, malakali kadrlar tayyorlaş masalasi asosiy öringa çiqadi. Sohada bugun ana şunday kadrlar böy körsata boşladi. Aksariyat mutaxassislarning uzoq yillik tajribalari alohida bir maktab.
Nozimjon Murtazayev,
Milliy tibbiyot markazining neyroreanimatsiya bölimi şifokor-nevrologi:
– Insult kabi oğir xastaliklarga qarşi kuraşişda «oltin soatlar» qoidasi juda muhim. Yaratilgan zamonaviy şaroitlar va tezkor tizimlar tufayli biz vaqtni boy bermasdan, qisqa fursatda aniq taşxis qöyib, yuzlab oğir bemorlarning hayotini saqlab qolyapmiz. Insonlarning yana oyoqqa turib, oilasi bağriga soğ-salomat qaytayotganini köriş – biz uçun eng katta baxt va mukofot.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan 2026-yil 20-yanvardagi “Ötkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş çora-tadbirlarini takomillaştiriş töğrisida”gi qaror sohada tub buriliş yasadi, biz şifokorlarga ulkan imkoniyatlar oçdi. Tibbiyot sohasidagi bunday doimiy ğamxörlik va eʼtibor bizni yanada köproq öqib-örganişga, xalqimiz salomatligi uçun kuraşişga ilhomlantiradi. Har bir şifokor öz işiga masʼuliyat bilan yondaşib, insonlarga naf keltiriş uçun doim tayyor turişi kerak.
Prezidentimizning joriy yil 20-oktabrdagi “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi farmoniga muvofiq, “Şuhrat” medali bilan тақдирландим. Mukofotni bevosita davlatimiz rahbarining qölidan qabul qilib олдим. Bunday yuksak işonç zimmamga katta masʼuliyat yuklaydi. Işonçni oqlaş uçun bor kuçim bilan işlaşda davom etaman.
Bobojon Ğafforov,
Navoiy viloyati Navbahor tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği:
-Ellik yildan buyon şu sohada mehnat qilayotgan şifokor sifatida oçiq aytamanki, ilgari soğliqni saqlaş tizimiga bunçalik çuqur eʼtibor qaratilganini heç qaçon körmaganman. Bugungi kunda erişilayotgan yutuqlar kölami haqiqatda juda keng.
Atigi ön yil oldin bunday özgarişlarni tasavvur qilib ham bölmas edi. Öşa paytlarda na transplantatsiya böyiça qonun bor edi, na bunday murakkab amaliyotlar bajarilardi. Hozir esa hatto, oddiy tuman şifoxonalarida ham mahalliy kadrlarimiz tomonidan yurakni oçib operatsiya qiliş, stentlaş, qon tomirlarini tekşiriş va böğimlarni almaştiriş kabi yuqori texnologik muolajalar bajarilmoqda.
Tibbiyotimizda yuz bergan bunday ulkan özgarişlarni heç ikkilanmasdan haqiqiy inqilob deyiş mumkin. Sohaga qaratilayotgan katta eʼtibor va yaratilgan şaroitlar tufayli çekka hududlardagi insonlar ham olis joylarga borib ovora bölmasdan, öz tumanining özida eng zamonaviy tibbiy yordamni olişmoqda.
Abrorjon Alijonov,
Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği:
-Mamlakatimizda soğliqni saqlaş sohasini tubdan isloh qilişda aniq maqsadga qaratilgan dasturlar muhim örin tutadi. Prezidentimiz taşabbusi bilan tibbiyotning har bir yönalişi böyiça alohida amaliy rejalar işlab çiqildi. Buning natijasida moliyaviy manbalar aniq belgilanib, birlamçi böğinni ham, yuqori texnologik ixtisoslaşgan markazlarni ham birdek rivojlantiriş imkoniyati yaratildi.
Xususan, viloyatlar va tumanlarda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifati keskin yaxşilanmoqda. Har bir hududning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib amalga oşirilayotgan mazkur manzilli loyihalar oddiy insonlarning oğirini yengil qilişga, davolaniş uçun uzoq joylarga boriş sarsongarçiligini bartaraf etişga xizmat qiladi.
Soha xodimlarining fidokorona mehnati munosib qadrlanayotgani esa barçamizni quvontiradi. Birinçi bor ötkazilgan «Tibbiyot fidoyisi» respublika tanlovi va sohada yuqori natijalarga erişgan fidoyi xodimlarning pul mukofotlari bilan rağbatlantirilgani şifokorlarga körsatilgan katta eʼtibor. Bunday ğamxörlik tibbiyot xodimlarini yanada ruhlantirib, öz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilişga undaydi.
Eldor Isaqulov,
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali şifokori:
-Şifokorlarning malakasini oşiriş va xizmat körsatiş uçun yaratilayotgan zamonaviy şaroitlar, yuqori texnologiyalar va körsatilayotgan yuksak eʼtibor bemorlarning hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi omildir.
Kasb bayramimiz munosabati bilan davlatimiz rahbari tabrik yölladi. Erişilgan yutuqlar eʼtirofi va bildirilgan yuksak işonç biz, soha xodimlaridan yanada masʼuliyatli bölişni, xalqimiz salomatligi yölida sidqidildan mehnat qilişni talab etadi. Aslida ham şifokor uçun eng katta mukofot dardmandning oyoqqa turib, oilasi bağriga soğ-salomat qaytişidir. Biz öz navbatida, bor bilim va tajribamizni ayamasdan, insonlar umrini uzaytiriş va quvonç ulaşişda davom etamiz.
Mohigul Qosimova,
ÖzA