Özbekiston tibbiyotida islohot: xususiy sektor yetakçi rolda
Şarh
Sönggi yillarda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholi salomatligini muhofaza qiliş va tibbiy xizmatlar kölamini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş borasida misli körilmagan islohotlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, sohaga bozor mexanizmlarini faol joriy etiş, xususiy sektor salohiyatini yuzaga çiqariş va soğliqni saqlaş infratuzilmasini modernizatsiya qiliş davr talabiga aylandi. Şu nuqtai nazardan, 2026-yil 4-noyabrda qabul qilingan «Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori mazkur yönalişdagi işlarni yangi, strategik bosqiçga kötaruvçi muhim huquqiy poydevor bölib xizmat qiladi.
Tahlil qilib köradigan bölsak, tibbiyot va xususiy sektor munosabatlari bugungi kunda yangiça mazmun kasb etmoqda. Ilgari faqat davlat zimmasida bölgan köplab vazifalarga xususiy kapital va tadbirkorlik ruhini olib kiriş orqali ulkan natijalarga erişiş mumkinligi körsatib berilmoqda. Jumladan, hujjatda belgilangan 2030-yilga qadar tibbiyot taşkilotlarida klinik va yordamçi xizmatlarni bosqiçma-bosqiç autsorsing asosida xarid qiliş hajmini 30 foizgaça yetkaziş maqsadi bunga yorqin misoldir. Bu tibbiyot muassasalaridagi ortiqça yuridik va xöjalik yumuşlarini xususiy raqobat muhitiga topşiriş, davlat byudjeti mablağlarini tejaş hamda asosiy eʼtiborni bevosita sifatli davolaş jarayonlariga qaratiş imkonini beradi.
Şu bilan birga, sohaga ilğor xorijiy tajribani olib kiriş masalasi ham çuqur öylangan holda qadam taşlanayotganidan dalolatdir. Xususan, 2030-yilga qadar kamida 5 ta yirik tibbiyot taşkilotiga nufuzli xorijiy professional boşqaruv kompaniyalari va mutaxassislar guruhlarini jalb qiliş közda tutilgan. Bu milliy tibbiyotimiz boşqaruv madaniyatida çinakam raqobat muhitini yaratib, tibbiy xizmatlarning xalqaro standartlarga moslaşuvini tezlaştiradi.
Jarayonning yana bir eʼtiborga molik jihati – 2027-yil 1-yanvardan boşlab soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va rivojlantirişning uzoq va qisqa muddatli master rejasi joriy etilişidir. Endilikda har bir hududning öziga xos demografik holati, kasallaniş körsatkiçlari, aholining haqiqiy ehtiyoji va mavjud tibbiy quvvatlar qatʼiy hisobga olinadi. Yangi muassasalarni taşkil etiş yoki mavjudlarini davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida rivojlantiriş tibbiyot muassasalarining davolaş samaradorligini taʼminlaydi. Xususiy şeriklarni faqatgina oçiq va şaffof tanlovlar orqali jalb qiliş, ularning faoliyatini har yili aniq samaradorlik körsatkiçlari (KPI) asosida baholab boriş tizimning barqarorligi garovidir.
Bundan taşqari, barça jarayonlarning oçiqligi va raqamlaştirilişini taʼminlaş maqsadida 2027-yil 1-aprelga qadar “Tibbiyot autsorsingi” elektron axborot tizimi işga tuşirilişi belgilangani ayni muddao böldi. Bu tizim orqali tuzilgan şartnomalar, körsatilgan xizmatlar hajmi, sifat körsatkiçlari, amalga oşirilgan tölovlar va byudjet mablağlarining maqsadli işlatilişi avtomatik ravişda nazorat qilib boriladi. Bu esa öz navbatida, inson omiliga boğliq xatolik va suiisteʼmolliklarning oldini olişda muhim.
Tibbiyotga xususiy sektorning keng jalb etilişi, boşqaruvning zamonaviy usullari va raqamli texnologiyalarning qöllanilişi, eng avvalo, oddiy fuqarolarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş sifatini yangi bosqiçga kötaradi. Belgilangan vazifalarni öz vaqtida, puxta va tizimli ravişda hayotga tatbiq etiş orqali nafaqat tibbiy xizmatlar ommabopligiga, balki ularning çinakam xalqçil va zamonaviy bölişiga erişiş mumkin.
Sönggi yillarda soğliqni saqlaş tizimining mutlaqo yangi modeliga ötilayotgani, xususiy investitsiyalar va bozor mexanizmlari faol jalb qilinayotgani bejiz emas. Umuman olganda, tibbiyot kabi nozik va masʼuliyatli sohaga xususiy sektor nima uçun zarur?
Oddiy hayotiy kuzatuvlar va iqtisodiy tahlillar şuni körsatadiki, soğliqni saqlaş mutlaqo davlatning monopoliyasida qolib ketganda, köpinça byurokratiya, moliyaviy yetişmovçilik va yangiliklarga intilişning pasayişi kabi muammolar yuzaga keladi. Xususiy sektor esa bu tizimga soğlom raqobat va yangi nafas olib kiradi.
Jahon amaliyotida şifoxonalarning faqat tibbiy qismiga (davolaşga) eʼtibor qaratib, xöjalik yumuşlarini xususiy kompaniyalarga beriş – bu global standartga aylangan. Masalan, rivojlangan davlatlarda şifoxonani ovqat bilan taʼminlaş, kir yuviş, binoni tozalaş, muhandislik tarmoqlariga xizmat körsatiş yoki laboratoriya tekşiruvlarini professional autsorserlar bajaradi. Bu şifokorlarga öz işidan – faqat bemorni davolaşdan çalğimaslik imkonini beradi va davlat mablağlarini sezilarli darajada tejaydi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA