Tibbiyot xodimining mehnati uning jamiyat va oiladagi örnida sezilmoqda
Ikki neʼmat borki, unga ega bölgan inson çin maʼnoda baxtli sanaladi: salomatlik va xotirjamlik. Bu mubolağa emas. Xotirjamlik – oila tinçligi, yurt farovonligi bilan taʼminlansa, tan soğliği insonning özi yoki salomatlik posbonlari bölmiş şifokorlarning xizmati bilan taʼminlanadi. Şukrona aytişimiz lozimki, xotirjamligimiz yurt taraqqiyotida aks etmoqda. Şunday ekan, köplab sohalar qatori yurtimizda tibbiyot tizimi va soha vakillariga yaratilgan imkoniyatlar kölami oşmoqda.
– Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz, – deya taʼkidlagan edi Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Köksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bölib ötgan uçraşuvda.
Ayni maqsadlarda sönggi ön yilda yurtimizda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirildi, 58 ming şifo örni yaratildi. Zamonaviy muassasalar köpayişi va xususiy sektor rivojlanişi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşdi. Darhaqiqat, yurtimizda islohotlar bardavom bölişi uçun avvalo soğlom zurriyot muhim.
– Bugun tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan işlar tahsinga loyiq, – dedi soğliqni saqlaş vazirining Onalik va bolalikni muhofaza qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Elmira Bositxonova. – Aslida, tibbiyot xodimlarining har biri hamişa eʼtirof va qöllab-quvvatlaşga muhtoj. Nega? Çunki ular insonlar dardi, kezi kelganda, oğir bemorlar taqdiri bilan şuğullanadi. Yiliga uç yuz oltmiş beş kun bemorlar bilan muloqotda böliş, ularni davolaş, kasbiy yutuq yoki mağlubiyatlarga töqnaş keliş – bularning barçasi şifokor mehnati yuksak qadrlanişiga loyiq ekanini körsatadi. Uşbu eʼtirof ularning jamiyatdagi va oiladagi örnida aks etişi muhim. Davlatimiz rahbarining davlat siyosati darajasidagi bugungi eʼtibori va eʼtirofi biz uçun juda qadrli.
Jahon tajribasida mamlakatlar tibbiyotni raqamlaştirişga yigirma-öttiz yil davomida erişadi. Yurtimizda esa sönggi ön yilda tizim samarali joriy etilgani natijasida bugun elektron poliklinika, elektron retsept va order beriş jarayonlari töliq raqamlaştirildi. Bu orqali sohada şaffoflik taʼminlandi va zarur tartib örnatildi.
Yana bir muhim yönaliş, bu onalik va bolalikni muhofaza qiliş masalasidir. Özbekiston öz tibbiyot tarixida birinçi marta ikki yuz öttiz bitta tuğruq kompleksini töliq jihozlab, xalqaro standartlar darajasiga kötardi. Endilikda mamlakatimiz har qanday oğir ahvoldagi homilador ayol va çaqaloqni kritik holatdan olib çiqiş imkoniyatiga ega. Yurtimiz tibbiyotidagi uşbu tarixiy yutuqni butun dunyo hamjamiyati, jumladan, UNICEF, UNFPA kabi xalqaro taşkilotlar hamda dunyoning eng nufuzli tibbiyot markazlari ekspertlari ham tan olmoqda.
Keyingi bosqiçdagi eng muhim vazifamiz – birlamçi tizimda har qanday kasallikning profilaktikasi bilan jiddiy şuğullanişdir. Aslida, kasalliklarning oldini oliş nafaqat tibbiyot xodimlarining, balki butun jamiyatning, barça daxldor vazirlik va taşkilotlarning umumiy vazifasidir. Bu borada davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida alohida töxtalib: “Biz Özbekistonda soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlaniş milliy harakatini boşlaymiz”, deb taʼkidlagan edilar.
Şu asosda umummilliy harakatni boşlaganmiz, biroq bu işlarni tizimli davom ettiriş va yanada kuçaytiriş oldimizda turgan asosiy vazifalardan. Kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş orqali nafaqat ularning oğir asoratlarini, balki salbiy oqibatlar, jumladan, ölim holatlarining oldini olgan bölamiz. Bu esa, öz navbatida, ham davlat miqyosidagi iqtisodiy samaradorlikka, ham har bir oilaning soğlom va farovon hayot keçirişiga xizmat qiladi
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA