“XXI asr epidemiyasi”: qoningizda qand miqdori meʼyoridami?
Yoşi qirqdan oşgan inson borki, mana şu savol qiziqtirişi va qonidagi qand miqdorini tekşirtirib turişi lozim. Boisi, qandli diabet Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan bejizga “XXI asr epidemiyasi” deya eʼlon qilinmagan. Bu dunyo böyiça uşbu kasallikka çalinganlar soni qisqa fursatda köpayib, odatdagi körsatkiçlardan sezilarli darajada oşib ketganini anglatadi.
Xalqaro diabet federatsiyasining sönggi maʼlumotlariga köra, ayni paytda yer yuzida 589 million nafarga yaqin inson qandli diabet xastaligidan aziyat çekmoqda. JSSTning prognozlariga köra, agar oldini oliş böyiça keskin çoralar körilmasa, bu körsatkiç 2050-yilga borib qariyb 1,5 milliard nafarga yetişi mumkin. Şu bois, 14-noyabr – Xalqaro diabetga qarşi kuraş kuni butun dunyoda bu jiddiy xavfga qarşi jamoatçilik eʼtiborini kuçaytiriş uçun muhim sana hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriça, mazkur kasallik yaşirin tarzda boşlanib, yurak-qon tomir tizimi, buyrak, köz tör pardasi va asab tolalariga jiddiy zarar yetkazadi. Kasallikning kelib çiqiş sabablari asosan notöğri ovqatlaniş, kamharakat turmuş tarzi, surunkali stress, genetik moyillik hamda ortiqça vazn bilan bevosita boğliq. Uglevodlar va şirinliklarni meʼyordan ortiq isteʼmol qiliş oqibatida organizmda insulin gormoniga nisbatan sezgirlik kamayadi va qondagi qand miqdori nazoratdan çiqadi.
Bu, öz navbatida, insulinrezistentlikni keltirib çiqarib, ikkinçi turdagi qandli diabetning rivojlanişiga zamin yaratadi.
– Hozirgi kunda tibbiyot va ilm-fan jadal rivojlanib, kasallikni erta bosqiçda aniqlaş hamda uni boşqariş imkoniyatlari keskin kengaydi, – deydi Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bölim mudiri Nozimaxon Nazarova. – Zamonaviy glyukometrlar, uzluksiz glikemik monitoring apparatlari va innovatsion dori vositalari bemorlarning hayot sifatini saqlab qolişga katta yordam bermoqda. Biroq eng asosiy yeçim insonning öz soğliğiga befarq bölmasligi, vaznini nazorat qilişi va yilda kamida bir marta profilaktik tekşiruvlardan ötişidir.
Yurtimizda ham uşbu global muammoga qarşi kuraşiş, yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasini kuçaytiriş, endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş va aholiga sifatli tibbiy yordam körsatiş masalalariga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillaştiriş va kölamini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida“gi qaroriga muvofiq, har yili kamida bir marta 40 yoşdan oşgan aholini qandli diabet va diabetoldi holatlari yuzasidan maqsadli skrining qiliş tizimi yölga qöyildi.
Şuningdek, bemorlarni tibbiy kuzatişning yangi modeli joriy etilib, tibbiyot brigadalarini glyukometrlar bilan taʼminlaş, oilaviy şifokorlar malakasini oşiriş, şuningdek, ayrim toifadagi bemorlarni insulin preparatlari va öz-özini nazorat qiliş vositalari bilan bepul taʼminlaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda. «Özbekiston-2030» strategiyasida esa 40 yoşdan kattalar orasida qandli diabetni erta aniqlaş darajasini 2030-yilga borib 70 foizga yetkaziş maqsadi aniq belgilab qöyilgan.
– Joriy yil 27-oktabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan bölib ötgan uçraşuvda ham davlatimiz rahbari qandli diabetga qarşi kuraşiş böyiça dasturlarni izçil davom ettiriş zarurligini alohida taʼkidladi, – deydi N.Nazarova. – Berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida uşbu xastalikni taşxislaş, davolaş va uning asoratlarining oldini olişga qaratilgan yangi yondaşuvlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Xususan, endokrinik kasalliklarning oltita asosiy guruhi böyiça bemorlarni tibbiy yordamning tegişli bosqiçlariga öz vaqtida yönaltiriş konsepsiyasi işlab çiqildi.
Qayd etilişiça, bu borada xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Jahon diabet jamğarmasi bilan hamkorlikda qandli diabetni davolaş sifatini oşiriş hamda uning asoratlarini barvaqt oldini olişga qaratilgan maxsus loyiha hayotga tatbiq etilmoqda. Dastlab Sirdaryo viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan ilğor tajribani endilikda Toşkent şahrining ayrim tumanlari hamda Nukus şahrida ham joriy etiş boşlab yuborildi. Loyiha doirasida oilaviy şifokorlar va hamşiralarning kasbiy malakasini oşiriş, kasallikni erta bosqiçda aniqlaş hamda bemorlarni doimiy tibbiy kuzatuvda saqlaş mexanizmi yanada mustahkamlanmoqda.
Xalqaro diabetga qarşi kuraş kuni munosabati bilan respublikamizning barça hududlarida keng kölamli skrining va tarğibot tadbirlari uyuştirilmoqda. Oilaviy poliklinikalar, bozorlar va gavjum savdo majmualarida fuqarolarning qondagi glyukoza miqdorini aniqlaş böyiça bepul tibbiy tekşiruvlar ötkazilayotir. Mazkur aksiya davomida mutaxassislar fuqarolarga töğri ovqatlaniş, jismoniy faollikni oşiriş, ortiqça vaznning oldini oliş va qandli diabet xavfini kamaytiriş yuzasidan zarur amaliy tavsiyalar beryapti.
Qondagi qand miqdori meʼyordan yuqori yoki şubhali natijalar qayd etilgan şaxslar esa zudlik bilan qöşimça çuqur tekşiruvlarga yönaltirilmoqda.
Kelgusida aholini profilaktik köriklar bilan qamrab oliş kölamini yanada kengaytiriş, birlamçi tibbiyot böğini bilan integratsiyani mustahkamlaş hamda kasallikka qarşi kuraşişda ilğor zamonaviy yondaşuvlarni keng qöllaş orqali jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga erişiladi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA