"Özbekistonning investitsiyaviy salohiyati haqidagi tasavvurlarimiz yanada kengaydi"
Turkiyalik investor fikri
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 19-noyabr kuni Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida ötkazilgan tadbirda Turkiya delegatsiyasiga kengaş hamraisi, vitse-prezident Javdat Yilmaz boşçilik qildi.
Yiğilişda «yaşil» energetika, misni çuqur qayta işlaş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş hamda «Yangi Toşkent» loyihasida Turkiya kompaniyalarining iştiroki muhokama qilindi.
– Biz Özbekistonning imkoniyatlari, bozor talabi va tadbirkorlik muhitini diqqat bilan kuzatib boryapmiz, – deydi Turkiyaning «Abdi İbrahim İlaç» farmatsevtika kompaniyasi vakili Köksal Ulgen. – Amalga oşirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlaridagi özgarişlar va investitsiyaviy salohiyat tahsinga loyiq.
Ayniqsa, soğliqni saqlaş sohasidagi yangi taşabbuslar va ilmiy tadqiqotlar bizda katta qiziqiş uyğotmoqda. Bu esa mamlakatning investitsiyaviy imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirdi. Örganişlarimiz şuni körsatdiki, bu yerda uzoq muddatli va strategik sarmoya kiritiş uçun barça şaroit mavjud.
Şu bois Özbekiston bozorida öz örnimizni topiş va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş niyatidamiz. Xususan, texnik xizmat körsatiş, transport infratuzilmasini rivojlantiriş va boşqaruv tizimlarini takomillaştiriş yönalişlarida faoliyat yuritişni rejalaştiryapmiz. Mahalliy hamkorlar bilan manfaatli aloqalarni yölga qöyiş hamda uzoq muddatli şeriklik munosabatlarini şakllantirişni ustuvor vazifa deb bilamiz.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA