Turkiyalik mutaxassislar tamaki çekişga qarşi kuraşiş böyiça ilğor tajribalarini taqdim etdi
Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Otabek Imamov Turkiya delegatsiyasi bilan uçraşib, tibbiyot sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi. Muloqotda ixtisoslaşgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş, kadrlar tayyorlaş, tibbiy taʼlim va menejmentni rivojlantiriş böyiça qöşma loyihalar, şuningdek, orfan kasalliklarini erta aniqlaş, bemorlarni röyxatga oliş va zarur dori vositalari bilan taʼminlaş masalalari körib çiqildi.
Bundan taşqari, yuqumli bölmagan kasalliklarga qarşi kuraşiş, skrining va dispanser kuzatuvini takomillaştiriş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş yuzasidan fikr almaşildi. Turkiya tomoni notöğri ovqatlaniş, kamharakatlik va tamaki çekişga qarşi kuraşiş, şuningdek, klinik qarorlar qabul qilişda sunʼiy intellektdan foydalaniş böyiça ilğor tajribalarini taqdim etdi. Yakunda ustuvor yönalişlarda amaliy çora-tadbirlar işlab çiqişga kelişib olindi.
***
Poytaxtimizda Milliy tibbiyot markazi hamda Germaniyaning Essen universiteti nevrologiya klinikasi hamkorligida “Özbekiston – Germaniya: funksional nevrologiya va neyroxirurgiya sohasida rivojlaniş, takomillaşuv va hamkorlik” mavzusida ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy forum bölib ötmoqda. Anjumanda mahalliy va germaniyalik yetakçi mutaxassislar iştirok etyapti.
Forum davomida Parkinson kasalligi va epilepsiyani erta aniqlaş, har bir bemorga mos davolaş usulini tanlaş hamda zamonaviy neyrojarrohlik amaliyotlarini qöllaş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilinmoqda.
***
Emlaş orqali oldini oliş mumkin bölgan kasalliklar böyiça epidemiologik kuzatuvni takomillaştirişga qaratilgan loyiha doirasida ötkazilgan treningda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri hamda Namangan, Toşkent, Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarining immunoprofilaktika va virusologiya laboratoriyalari şifokorlari iştirok etdi. Maşğulotlarda seroepidemiologik tadqiqotlarning maqsadi va dizayni, aholi guruhlarini tanlaş hamda serologik laboratoriya tekşiruvlari usullari va ularning sifatini nazorat qiliş masalalari batafsil yoritildi.
Nazariy bilimlar guruhlardagi muhokamalar va amaliy topşiriqlar orqali mustahkamlandi — qatnaşçilar anketa va laboratoriya maʼlumotlarini birlaştiriş, natijalarni umumlaştiriş hamda tahlil qiliş böyiça maşqlarni bajardi. Trening yakunida iştirokçilarning özlaştirgan bilimlari baholandi, fikr-mulohaza va takliflari tinglandi hamda ularga sertifikatlar topşirildi.
***
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi tegişli farmoniga muvofiq, 2028-yil 1-yanvardan boşlab biologik faol qöşimçalarga (BFQ) ruxsatnoma berişda HACCP (XASSP) tizimi talablarini qöllaş belgilangan. Mazkur talablar ijrosiga tayyorgarlik doirasida Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi mutaxassislari tomonidan «Dr. Mardon» MÇJ korxonasida navbatdagi örganiş ötkazilib, işlab çiqariş infratuzilmasi, sanitariya-gigiyena holati hamda xomaşyo va tayyor mahsulot sifatini nazorat qiliş tizimi baholandi.
Örganiş natijasida aniqlangan kamçiliklar va takomillaştirilişi lozim bölgan yönalişlar yuzasidan korxona masʼullariga tegişli tavsiya hamda amaliy körsatmalar berildi. Şuningdek, işlab çiqariş jarayonlarini belgilangan talablarga muvofiqlaştiriş, HACCP tizimini joriy etiş va içki nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA