Xotin-qizlarning bilimlari boyitildi
Andijon davlat texnika institutida Raqamli texnologiyalar vazirligi taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “GAP Women IT Club” loyihasi doirasida xotin-qizlarning raqamli savodxonligini oşiriş, ularning bu boradagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Raqamli dunyoda xotin-qizlar uçun IT sohasidagi imkoniyatlar” mavzusida tadbir bölib ötdi.
Tadbirda viloyatdagi oliy öquv yurtlari öqituvçi ayollari, talaba qizlar hamda soha mutaxassislari iştirok etdi. Tadbir oçilişida Andijon davlat texnika institutining öquv işlari böyiça prorektori Suxrob Aliyev bugungi globallaşuv va raqamli transformatsiya jarayonida axborot texnologiyalarining örni tobora ortib borayotgani, ayniqsa, xotin-qizlarning uşbu sohadagi bilim va salohiyatini rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.


Tadbirda “GAP Women IT Club” loyihasi mutaxassisi Diyora Satimova, Raqamli taʼlimni rivojlantiriş markazi mutaxassisi Ilhom Jörayev, Raqamli könikmalarni rivojlantiriş va malakalarni baholaş bölimi boş mutaxassisi Barno Tursunaliyeva, “UZINFOCOM” mutaxassisi Sabriya Soliyeva, “Uzcosmos” mutaxassisi Şahnoza Şaripova, hududiy ambassador Gulsevar Xöjamova özlarining maʼruza va taqdimotlari bilan qatnaşdi.
Maʼruza va taqdimotlarda mamlakatimizda IT sohasida olib borilayotgan işlar, uşbu yönalişda kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari, raqamli taʼlim, kiberxavfsizlik, raqamli gigiyena, şuningdek, “Uzcosmos” faoliyati va uşbu yönalişda xotin-qizlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.
Iştirokçilar maʼruza va taqdimotlar, şuningdek, IT sohasida özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi, özaro fikr almaşdi.
Tadbirda talaba-qizlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, zamonaviy kasblarni egallaş va doimiy ravişda bilim hamda könikmalarni oşirib boriş zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

– Uşbu tadbir talabalar uçun juda foydali böldi, – deydi Andijon davlat texnika instituti 2-bosqiç talabasi Latofatoy Tojimatova. – Tadbirda iştirok etib, raqamli taʼlim, umuman, IT sohasi haqida keng bilim va tuşunçalarga ega böldik. Bu borada imkoniyatlar juda keng ekan. Biz talabalar ana şu imkoniyatlardan samarali foydalanib, puxta bilim oliş, kelgusida IT sohasini puxta egallagan malakali mutaxassis bölib yetişiş uçun astoydil harakat qilamiz.

Tadbir öqituvçi va talaba qizlarning raqamli bilim va könikmalarini boyitişga, ularni IT sohasiga keng jalb etiş, bu boradagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda yangi kasbiy imkoniyatlarga yönaltirişga qaratilgan işlar samaradorligini oşirişga xizmat qildi.

Yakunda tadbirning bir guruh faol va taşabbuskor iştirokçilari vauçer, taşakkurnoma hamda esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri