Xotin-qizlarning raqamli sohadagi imkoniyatlari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vazirligida Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan tegişli vazirlik va idoralar, masʼul taşkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari iştirokida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yönalişida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining 2026-yil 20-avgustdagi topşiriğiga muvofiq taşkil etilayotgan oçiq muloqotlarning navbatdagisi xotin-qizlarning raqamli sohadagi faoliyatini qöllab-quvvatlaş, kasbiy rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan masalalarni örganiş, şuningdek, ularning taklif va taşabbuslarini masʼul idoralar bilan birgalikda körib çiqişga bağişlandi.
Bugun axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt mehnat bozori, taʼlim hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Xotin-qizlarning uşbu jarayonlarda faol iştirok etişi zamonaviy kasblarni egallaşi, intellektual salohiyatini röyobga çiqarişi va daromad manbalarini kengaytirişi uçun muhim ahamiyatga ega.
Buning uçun nafaqat bilim oliş, balki uni amaliyotda qöllaş, tajriba orttiriş va şaxsiy taşabbuslarni rivojlantiriş jarayonida uçrayotgan muammolarni ham bevosita soha vakillaridan eşitiş zarur. Mazkur oçiq muloqot aynan şu maqsadga xizmat qildi.
Oila va xotin-qizlar qömitasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyi yakunlariga köra, 218,7 ming nafar xotin-qiz axborot texnologiyalari sohasida öqitildi. «Beş million sunʼiy intellekt yetakçilari» loyihasi doirasida esa 1 million 116 ming nafardan ortiq xotin-qiz IT taʼlimiga jalb etildi. Bu körsatkiçlar mamlakatimizda xotin-qizlarning raqamli bilim va könikmalarini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar kölamini yaqqol namoyon etadi.
Ayni paytda mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida band bölgan xotin-qizlar soni 38 ming nafarni taşkil etmoqda. Oliy taʼlim muassasalarining IT yönalişlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar soni esa 40 ming nafardan oşgan. Şuningdek, 500 dan ortiq IT öquv markazida 35 ming nafar xotin-qiz taʼlim olmoqda. Ularning 21 ming nafari iş bilan taʼminlangan. «GAP» ayollar IT klubi taşabbuslari orqali esa 6 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olinib, ularning kasbiy rivojlanişi va özaro hamkorlik aloqalarini kengaytirişga kömaklaşilmoqda.
Uçraşuv davomida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yönalişida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari, kundalik iş jarayonida duç kelayotgan qiyinçiliklari hamda mavjud şaroitlarni yaxşilaşga doir fikr-mulohazalari atrofliça muhokama qilindi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar, murojaatlar, taklif va taşabbuslarini tegişli taşkilotlar vakillariga bevosita yetkaziş imkoniga ega böldilar.
Muloqotda hududlardan kelgan xotin-qizlarning fikr va takliflariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ularning iştiroki joylardagi ehtiyoj va imkoniyatlarni bevosita örganiş, hududiy şaroit bilan boğliq masalalarni umumiy muhokamaga olib çiqiş imkonini berdi. Bu esa xotin-qizlarni raqamli sohaga kengroq jalb etiş va ularning kasbiy faoliyatini qöllab-quvvatlaşda hududlar ehtiyojini inobatga oliş nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Uçraşuvning muhim jihatlaridan biri şunda böldiki, kötarilgan masalalar va bildirilgan takliflar nafaqat Oila va xotin-qizlar qömitasi, balki ularni körib çiqiş va hal etiş vakolatiga ega bölgan vazirlik, idora hamda taşkilotlar vakillari iştirokida muhokama qilindi. Bunday yondaşuv har bir masalaning mohiyatini çuqurroq anglaş, masʼul mutaxassislar fikrini eşitiş va imkoniyat darajasida joyida amaliy yeçim topişga xizmat qildi.
Qöşimça örganiş va idoralararo hamkorlikni talab etadigan murojaatlar böyiça esa ularni hal etişning maqbul yöllarini birgalikda körib çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.
[gallery-32634]
Umuman olganda, oçiq muloqot xotin-qizlarning raqamli sohadagi iştirokini kengaytiriş masalasini ularning amaliy tajribasi, ehtiyojlari va taşabbuslari bilan uzviy boğliq holda muhokama qiliş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Unda asosiy eʼtibor xotin-qizlarning bilim va salohiyatini aniq kasbiy imkoniyatlarga aylantiriş, istiqbolli ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, bu jarayonda masʼul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytirişga qaratildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida Oila va xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan tegişli vazirlik va idoralar, masʼul taşkilotlar vakillari hamda soha mutaxassislari iştirokida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yönalişida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Nazokat Usmonova
Öktam Hayitov (surat), ÖzA