Xorazmda MDH Yoshlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Urganch shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Yoshlar forumi rasman o‘z ishini boshladi.
Xalqaro forumning ochilish marosimida yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi Shirin Abidova hamda MDHga a’zo mamlakatlar yoshlar delegatsiyalari rahbarlari so‘zga chiqdi.
(galeriya-32147)
Forumdan maqsad MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli texnologiyalar va kreativ iqtisodiyot sohalarida tajriba almashishdan iborat.
Forum doirasida taqdim etilgan “Yoshlar laboratoriyasi” tashabbusi yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forum yakunida bildirilgan takliflar “Yoshlar laboratoriyasi” konsepsiyasiga kiritiladi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari