“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida hamda “Noyabr oyi – keksalar turizmi oyi” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi tomonidan bir guruh nuroniylar va yosh ishchi xodimlar uchun Xiva va go‘zal Urganch shahriga ikki kunlik sayohat uyushtirildi.

Sayohatchilar Xiva shahrining Ichan-Qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasidagi Kalta minor, Pahlavon Mahmud masjidi, Sherg‘ozixon madrasasi, Allaqulixon masjidlarida bo‘lishdi. Shuningdek, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi yodgorligi, Oxunbobo masjidi, Ulli hovli majmualariga  ziyorat qilindi.

– Men Xivaga yoshlik paytimda kelgan edim. Mana hozirda yana tarixiy shaharni ziyorat qilib maftun bo‘lmoqdaman. Ichan qal’adagi har bir g‘ishtning o‘zi boy tarixdan so‘zlaydi. Bir vaqtlari bu yerda buyuk Maqtimquli, Ajiniyoz shoirlar ta’lim olganligini eslasam, yanada bu shaharga muhabbatim ortadi, – deydi Qoraqalpog‘iston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Kegeyli tumani kengashi raisi Uzaqbay Utegenov. – Xivada men eng ko‘p eshitgan so‘z “mehmon” bo‘ldi.  Xivaliklarning barchasi bizga “mehmon, mehmon” deb hurmat-izzat ko‘rsatishayapti. Bu iliq so‘z kishiga yaxshi kayfiyat bag‘ishlar ekan.

Ayni paytda pandemiya sababli xorijiy sayyohlarning tashrifi kam bo‘lsa ham, Xivaga mamlakatimizning turli burchaklaridan kelayotgan sayohlar ko‘p.

ЮНYeСКОнинг Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan Ichan qal’a tarixiy-me’moriy majmuasiga 4 darvoza orqali kiriladi. Ularni Ota darvoza, Bog‘cha darvoza, Tosh darvoza va Polvon darvoza, deb atashadi. bugungi kunda majmuada 40 mingdan ziyod eksponat saqlanmoqda.

Umumiy maydoni 26 gektar bo‘lgan qal’ada 54 tarixiy arxitektura yodgorligi joylashgan. Qal’ani o‘rab turgan eni 5-6 metrlik devorning uzunligi 2200 metrni tashkil qiladi. Bu esdaliklarni bafurja aylanib, tomosha qilish uchun albatta ikki kunlik sayohat kamlik qiladi. Sayohat ishtirokchilari Xivaga yana tashrif buyurish istagini bildirishdi.

Ye.Qanoatov, U.Bekchanov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xiva hamda Urganch shaharlariga sayohat