Özbekiston turizm sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirmoqda
“Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumi bölib ötdi.
Forum doirasida “Xalqaro brendlar – zamonaviy turistik infratuzilmani rivojlantiriş drayveri” mavzusida panel sessiya taşkil etildi. Unda Özbekistonga xalqaro mehmonxona brendlarini jalb qiliş, zamonaviy mehmonxona infratuzilmasini rivojlantiriş, sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş hamda xalqaro operatorlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda xalqaro mehmonxona brendlarining mamlakatimizga kirib kelişi nafaqat turistik infratuzilmani rivojlantiriş, balki milliy iqtisodiyot uçun ham muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Jahon miqyosida tan olingan mehmonxona tarmoqlari mamlakatning xalqaro turistik imijini mustahkamlaş, yuqori daromadli xorijiy sayyohlarni jalb qiliş, turizm xizmatlari eksportini oşiriş hamda yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qilişi qayd etildi.
Panel sessiyasi davomida xorijlik ekspertlar tomonidan xalqaro mehmonxona tarmoqlarining ilğor tajribasi taqdim etilib, mehmonxona biznesini samarali boşqariş, turizm sohasi uçun raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş, mahalliy mutaxassislarning malakasini oşiriş hamda xizmat körsatiş sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib çiqiş masalalari yuzasidan fikr va tajriba almaşildi.
Qayd etiş lozimki, mamlakatimizda 32 ta xalqaro mehmonxona brendiga tegişli 53 ta mehmonxona faoliyat yuritmoqda. Ulardagi umumiy xonalar fondi 6 909 ta, joylar soni esa 12 ming 678 tani taşkil etmoqda. 2025-yil yakuni bilan taqqoslaganda, xalqaro brendli mehmonxonalar soni 32,5 foizga, xonalar fondi 33 foizga, joylar soni esa 35,7 foizga oşgan.
Xalqaro brendlarni jalb qiliş bilan bir qatorda, Özbekistonda mehmonxona infratuzilmasiga investitsiya kiritişni rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, belgilangan talablarga muvofiq, 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 40 million söm, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 65 million sömgaça davlat subsidiyalari ajratilişi közda tutilgan. Şuningdek, mehmonxona obʼektlari uçun soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlaş mexanizmlari investorlarni qöllab-quvvatlaşning muhim vositalari hisoblanadi.
Umuman olganda, xalqaro mehmonxona brendlarining Özbekistonga kirib kelişi mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, yuqori xarid qobiliyatiga ega xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş, milliy iqtisodiyotga xorijiy valyuta tuşumlarini oşiriş va turizm sohasida zamonaviy xizmatlar bozorini şakllantirişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA