Xitoy bilan sport sohasidagi aloqalar rivojlanmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Çjetszyan sport kolleji vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi”ning zamonaviy sport infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi.
Özbekiston Respublikasi sport vaziri örinbosari Şaxrillo Mahmudov bilan muloqot jarayonida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, sport taʼlimi va amaliy faoliyatning istiqbolli yönalişlarida tajriba almaşiş masalalari körib çiqildi.
Xitoy delegatsiyasi vakillari Özbekiston çim ustida xokkey federatsiyasi faoliyati bilan tanişib, mazkur sport turini yanada rivojlantiriş borasida öz takliflarini bildirişdi.

Şuningdek, suziş havzasi, zamonaviy stadion hamda velotrek majmuasi bilan yaqindan tanişib, uşbu sport obʼektlarining moddiy-texnik bazasi, jihozlanişi va sport maşğulotlarini taşkil etiş imkoniyatlariga yuqori baho berişdi.

Xitoy sport delegatsiyasi aʼzolari Özbekiston davlat sport akademiyasi hamda Çjetszyan sport kolleji örtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş asnosida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida qöşma loyihalarni tatbiq etiş masalasida takliflarni örtaga taşlaşdi.
Mehmonlar mamlakatimiz sport taʼlimi mutaxassislari tomonidan sportçilarning jismoniy va ruhiy holatini baholaş, funksional imkoniyatlarini örganiş borasida olib borilayotgan ilmiy izlanişlarga katta qiziqiş bildirişdi.
Tölqin Röziyev, ÖzA