Dzyudo: Jahon çempionatida qatnaşadigan terma jamoalarning Toşkentga taşrifi boşlandi
Joriy yilning 19-22-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati musobaqalari bölib ötadi.
Özbekiston dzyudo federatsiyasida uşbu dunyo birinçiligiga körilayotgan tayyorgarlik, uni yuqori saviyada taşkil etiş, mezbon sifatida musobaqada munosib tarzda qatnaşiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

82 ta mamlakatning 600 nafarga yaqin mahoratli dzyudoçi yoşlari qatnaşadigan mazkur nufuzli çempionatni yuqori saviyada ötkaziş, uning taşkiliy işlarini maromiga yetkaziş borasida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Özbekiston dzyudo federatsiyasi hamda daxldor taşkilot mutaxassislaridan iborat işçi guruh aʼzolari zarur işlarni amalga oşirmoqda.

Özbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov boşçiligida ötgan yiğilişda bunday nufuzdagi jahon çempionatining ilk bor yurtimizda ötkazilişi davlatimiz rahbarining sportni rivojlantirişga qaratayotgan eʼtibori, yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi keng kölamli islohotlar samarasi ekanligi taʼkidlandi.
Ötgan qisqa fursatda yurtimizda dzyudo böyiça kattalar örtasida jahon va qitʼa çempionatlari, xalqaro turnirlar yuqori saviyada ötkazildi. Biroq yoşlar örtasidagi jahon birinçiligi ilk bor taşkil etilayotganligi bilan eʼtiborlidir.
Muhokamalar jarayonida barça yönalişlarda olib borilayotgan tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş, mehmonlarni kutib oliş, mehmonxonalarga joylaştiriş, maşğulot zallarini hozirlaş, sportçilar, murabbiylar, referilar hamda transport xizmati kabi masalalar yuzasidan masʼullarga zarur tavsiya va körsatmalar berildi.

Şuningdek, jahon çempionatida vatanimiz şarafini himoya qiladigan Özbekiston yoşlar terma jamoasi aʼzolari bilan muloqot çoğida musobaqaning ahamiyati, har bir bellaşuvning örni, sportçilar va murabbiylarning vazifalari, yaratilgan şart-şaroitlarga munosib böliş lozimligi xususida söz bordi.
Poytaxtimiz mezbonligida ötadigan yoşlar örtasidagi uşbu jahon çempionati boşlanişiga ikki kun qolganda iştirokçi davlat vakillarining, musobaqalarni boşqarib boradigan hakamlar, texnik qömita vakillarining kelişi davom etmoqda.

Bugun, 17-sentabr kuni Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni terma jamoasi aʼzolari, Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutaxassislari “Islom Karimov” nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Çempionatda qatnaşadigan xorijiy davlat terma jamoalarining kelişi davom etmoqda.
Tölqin Röziyev, ÖzA