«Rahbar kubogi – 2026» ğoliblari aniqlandi
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining voleybol böyiça «Rahbar kubogi – 2026» sport musobaqasi bölib ötdi. Unda vazirlik markaziy apparati hamda tizim taşkilotlari xodimlaridan tarkib topgan 16 ta jamoa özaro kuç sinaşdi.
Qizğin va murosasiz keçgan uçraşuvlarda iştirokçilar jismoniy tayyorgarligi, çaqqonligi va jamoaviy öyin mahoratini namoyon etdi. Har bir oçko uçun kuraş va jamoalarning ğalabaga intilişi bahslarga yanada qizğinlik bağişladi.
Musobaqa xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qiliş, mehnat jamoalari örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaşga qaratildi. Bunday bellaşuvlar hamkasblar örtasida hamjihatlik va soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.
Yakuniy natijalarga köra, «Şaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qiliş» respublika markazi jamoasi birinçi örinni egalladi. Buxoro viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi jamoasi ikkinçi, Jizzax viloyati quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi jamoasi uçinçi örinni qölga kiritdi.
[gallery-32563]
Kamola YUSUPOVA,
Muhammad AMIN (surat), ÖzA