Xavfsizlik amal qiliş bilan taʼminlanadi
Qiş yaqinlaşib kelayotgan ayni kunlarda energiya resurslaridan foydalaniş hajmi ortişi bilan birga, xavfsizlik çoralariga rioya etiş masʼuliyati ham ortadi.
Şu boisdan ham Namangan viloyatida «Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi» doirasida profilaktik işlar kengaytirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining bölim boşliği Diyorbek Bekmirzayev boşçiligidagi işçi guruh Mingbuloq tumanida aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarda örganişlar olib bordi. Jarayonlarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, «Hududgaz Namangan» gaz taʼminoti filiali hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali mutaxassislari ham faol iştirok etişdi.

Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga ikki konturli isitiş peçlaridan töğri foydalaniş, dudburonlarni muntazam tozalaş, himoya vositalarini örnatiş hamda nostandart isitiş moslamalaridan foydalanmaslik böyiça tavsiyalar berildi.

Örganişlarda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar körildi. Asosiy eʼtibor esa is gazi bilan zaharlaniş, yonğin va boşqa noxuş hodisalarning oldini olişga qaratilgan. Binobarin, xavfsizlik faqat ogohlantiriş bilan emas, unga amal qiliş bilan taʼminlanadi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri