Quyoş panellari monitoringi: tizimdagi kamçiliklar va yeçimlar körib çiqildi
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi hamda «Yuksaliş» harakati hamkorligida aholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan örnatilgan quyoş panellaridan samarali foydalaniş, şuningdek, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş masalalariga bağişlangan jamoatçilik eşituvi ötkazildi.
Tadbirda mamlakatimizning 13 ta hududidagi 26 ta tuman va şaharlarda aholi xonadonlari, tadbirkorlik subʼektlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarida ötkazilgan jamoatçilik monitoringi natijalari atrofliça muhokama qilindi.
Senatorlar quyoş energetikasini rivojlantiriş energetika xavfsizligini taʼminlaş, elektr energiyasiga bölgan talabni qondiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş va xususiy investitsiyalarni jalb etişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Monitoring natijalari quyoş panellarining aksariyati işlayotganini körsatgani bilan birga, tarmoqqa ulaniş va reversiv hisoblagiçlar örnatişdagi keçikişlar, tölovlarning öz vaqtida amalga oşirilmasligi, texnik xizmat körsatişdagi kamçiliklar kabi muammolar borligini körsatdi.
Bundan taşqari, ayrim obʼektlarda qurilmalar haqiqiy ehtiyoj va energiya isteʼmoli, şuningdek, moliyaviy rağbat yetarli darajada emasligi hisobga olinmasdan örnatilgan.
Muhokamada senatorlar aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, elektr tarmoqlari infratuzilmasini yaxşilaş, tölov intizomini taʼminlaş, qurilmalarga texnik xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş, imtiyozli kredit va soliq rağbatlarini kengaytiriş böyiça tavsiyalar berdi.
Tadbirkorlarning quyoş panellarini töğri tanlaş, örnatiş va ulardan samarali foydalaniş borasidagi masʼuliyatini oşiriş zarurligi ham alohida taʼkidlandi. Jamoatçilik eşituvi yakunida masʼul vazirlik va idoralarga aniqlangan muammolarni bartaraf etiş, tarmoqqa ulaniş va tölovlar jarayonini takomillaştiriş hamda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş vazifasi belgilandi.
N.Abduraimova,
ÖzA