Sifatsiz dori vositalari saqlanayotgan yaşirin ombor aniqlandi
Namangan şahrida yaşaş xonadonlardan birida noqonuniy dori vositalari saqlanayotgani aniqlandi.
Maʼlum bölişiça, 1996-yilda tuğilgan şaxs öziga tegişli xonadonda yaşirin ombor taşkil etib, u yerda sifati kafolatlanmagan, dastlabki qiymati 3,3 milliard sömdan ortiq bölgan dori vositalarini saqlab kelgani aniqlandi.
Yana bir holatda Yangi Namangan tumani Mingterak mahallasidagi xonadonlardan biri Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, Bojxona, Içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda közdan keçirilganda u yerdan xorijda işlab çiqarilgan 156 turdagi 23 ming 432 dona kamyob dorilar topilib, protsessual tartibda olib qöyildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mamlakatimizga noqonuniy olib kirilgan mazkur dorilarning qiymati 3,3 milliard sömdan oşadi.
Hozirda dorilarga nisbatan ekspertiza tayinlanib, holat yuzasidan tegişli tergov-suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Hamroz Bayonov,
ÖzA