“Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda
“Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarini sifatli va samarali taşkil etiş, jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, şuningdek, tungi vaqtda aholi xavfsizligi va osoyiştaligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar natijadorligiga eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yil 1-iyul - 15-avgust kunlari ötkazilgan tadbirning ikkinçi bosqiçi natijalariga köra, oldi olinişi lozim bölgan jinoyatlar 2 ming 228 taga kamayişiga erişilgan. Jinoyat turlaridan qotillik, oğir tan jarohati yetkaziş, talonçilik, bosqinçilik, firibgarlik va bezorilik jinoyatlari kamaygan. Içki işlar organlari xodimlarining taşabbusi bilan jinoyatlarni aniqlaş 792 taga yaxşilangan.
Şundan kelib çiqib, joriy yil 1-noyabrdan mamlakatimizda tadbirlarning uçinçi bosqiçi boşlandi.
«Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida içki işlar vaziri, general-leytenant Aziz Toşpölatov poytaxtimizda tungi vaqtda jamoat xavfsizligini taʼminlaşga jalb etilgan içki işlar organlarining sohaviy xizmatlari hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi faoliyatini örgandi.

Örganişlar davomida asosiy eʼtibor aholi gavjum bölgan Şayxontohur tumanidagi «Tashkent city» majmuasiga qaratildi. Bu hududdagi jamoat tartibini saqlaş, mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar uçun xavfsiz şaroitlar yaratiş, yuqori saviyada xizmat körsatiş hamda köngiloçar tadbirlarni xavfsiz taşkil etiş borasida amalga oşirilayotgan işlarni joyiga çiqqan holda közdan keçirdi.
Majmuadagi musiqali favvora, «Tashkent city» xiyoboni, «Tashkent city mall» hamda «Park in mall» köngiloçar maskanlariga taşrif buyuruvçilar xavfsizligini taʼminlaş yuzasidan körilayotgan çoralar tahlil qilindi.

Içki işlar vaziri tomonidan «Tashkent city» majmuasiga taşrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortgani inobatga olinib, mazkur hududda xavfsiz turizmni taʼminlaş böyiça maxsus otryad faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Şu bilan birga, tungi vaqtda aholi xavfsizligi va osoyiştaligini taʼminlaşda muhim örin tutuvçi tezkor harakatlanuvçi qöriqlaş ekipajlari faoliyati örganildi. Çaqiruv tugmalari orqali ekipajlarning tezkor harakatlanişga tayyorligi, huşyorligi va xizmatga şayligi amalda sinovdan ötkazildi.
Bundan taşqari, Mirzo Uluğbek tumanidagi Özbekiston ovozi köçasida joylaşgan, 24/7 rejimida faoliyat yurituvçi köngiloçar maskanlar, umumiy ovqatlaniş obʼektlari, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari hududlarida jamoat xavfsizligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.
Mazkur hududlarda dam oluvçilar xavfsizligi, şuningdek, yaqin atrofda istiqomat qiluvçi aholi tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilib, hududga biriktirilgan «Huquq-tartibot» maskani faoliyati tahlil qilindi.
Maskanda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, patrul-post va qöriqlaş xizmati xodimlari bilan suhbatlar ötkazilib, ularning xizmatni ötaş va yaşaş şaroitlari örganildi.
N.Abduraimova,
ÖzA