«Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli profilaktik tadbirlari davom etmoqda
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş va jinoyatçilikning oldini oliş işlari kuçaytirildi.
Şu asosda yuritimiz böylab bir neça bosqiçli “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur tadbirning joriy yil 1-noyabrda boşlangan uçinçi bosqiçi doirasida Sergeli tumanida soha rahbarlari, masʼul taşkilotlar va aholi iştirokida kengaytirilgan majlis ötkazildi.
Unda hududda jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş hamda aholi osoyiştaligini mustahkamlaşga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Kötarilgan muammolar yuzasidan mutasaddilarga aniq va manzilli topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Kuz-qiş mavsumida aholi xavfsizligini saqlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, xonadonlarda yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş hamda is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça fuqarolarga zarur tuşuntiriş va tavsiyalar berildi.

Mazkur profilaktik tadbirlar doirasida tumanda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça manzilli işlar olib borilmoqda.
Xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlar mahallalarda ayollarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş yuzasidan tuşuntiriş işlarini ötkazib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan suhbatlar taşkil etdi.
Xonadonbay örganişlar davomida oilalardagi ijtimoiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari körildi va soğlom maʼnaviy-ruhiy muhitni şakllantiriş böyiça tavsiyalar berildi. Zero, xotin-qizlarning qadri va xavfsizligini taʼminlaş – tinç va farovon jamiyat barpo etişning muhim şarti.
Bundan taşqari, Sergeli tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi rahbariyati tomonidan Mehrigiyo hamda Yangi Bunyodobod mahallalarida fuqarolar murojaatlarini örganiş maqsadida sayyor qabullar ötkazildi.
Unda qirqdan ortiq fuqaro iştirok etib, öz muammo va takliflarini bildirdi. Har bir murojaat atrofliça tinglanib, ularni qonuniy hal etiş yuzasidan masʼullarga körsatmalar berildi. Ayniqsa, probatsiya hisobida turuvçi yoşlarning ijtimoiy hayotga moslaşuvi, bandligini taʼminlaş va ularni jamiyatga qayta integratsiya qilişga alohida urğu berildi.
Tadbir davomida mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham közdan keçirildi. Aholi bilan ötkazilgan uçraşuvlarda hududni obodonlaştiriş, jamoat tartibini saqlaş, kuzatuv kameralarini örnatiş va ularning qamrovini kengaytiriş, şuningdek, mahalladagi muammoli nuqtalarga öz vaqtida yeçim topiş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça masʼul xodimlarga tegişli vazifalar yuklatildi. Tumandagi barça mahallalarda jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan işlar tizimli ravişda davom ettiriladi.
N.Abduraimova,
ÖzA