Xavfsizlik yölidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qiliş içki işlar organlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada jamoat joylarida sovuq qurol va ötkir tiğli aşyolarning qonunga xilof ravişda olib yurilişiga qarşi profilaktik çora-tadbirlar kuçaytirilmoqda.
Toşkent viloyatida ötkazilayotgan "Xavfsiz va soğlom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida sönggi 25 kun davomida viloyat IIBB hamda uning quyi tizimlari tomonidan "Tiğ" maxsus profilaktik tadbirlari izçil taşkil etildi.

Tadbirlar davomida köça va jamoat joylarida, şuningdek, boşqa hududlarda ötkir tiğli aşyolarni qonunga xilof ravişda olib yurgan 1 ming 817 nafar şaxs aniqlandi. Ulardan jami 1 ming 911 dona ötkir tiğli aşyo belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Mazkur aşyolarning 1 ming 571 tasi piçoq, 68 tasi kastet, 38 tasi bita, 234 tasi esa boşqa turdagi tiğli jismlardir. Profilaktik tadbirlar natijasida fuqarolarga tan jarohati yetkazilişi bilan boğliq ehtimoliy jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olişga xizmat qiluvçi muhim natijalarga erişildi.
Maʼlumot uçun, qonunga xilof ravişda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 185²-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Tezkor-profilaktik tadbirlar Toşkent viloyati hududida davom ettirilmoqda.
A. Musayev, ÖzA