“Xamsa” frazemalarining arabiy, forsiy va turkiy qatlamlari: genetik-semantik yondashuv
Iqbol Abdikarimova O‘RAZOVA doktorant Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston iqbolorazova@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada “Xamsa” asaridagi frazemalarning genetik manbalari asosida tasnifi va tahlili amalga oshirilgan Unda frazeologik birliklarning arabiy, forsiy va turkiy qatlamlari diaxron hamda etimologik yondashuv asosida yoritilib, ularning shakllanish omillari, semantik taraqqiyoti va badiiy matndagi funksional xususiyatlari ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: frazema, genetik manba, arabiy qatlam, forsiy qatlam, turkiy qatlam, etimologik tahlil, diaxron yondashuv, semema, leksema, sema.