Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida urush voqealarining tasviri
Elmurod Jumaboyevich NASRULLAYEV dotsent filologiya fanlari doktori Guliston davlat pedagogika instituti Guliston, O‘zbekiston
Annotatsiya
O‘zbek adabiyotida urush mavzusi XX asrning o‘rtalaridan boshlab eng ko‘p o‘rganilgan, eng ko‘p badiiy izlanishlar olib borilgan yo‘nalishlardan biridir. Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida fojeali urushning real tasviri talqinlari haqida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: urush, tasvir, fojiaviy ruh, harbiy ish, obraz, anʼanaviy qahramonlik, mafkuraviy ruh, vijdon, insonparvarlik, roman, burch.