Ingliz va o‘zbek ilmiy diskursida metadiskursiv markerlar orqali til modelining epistemik maqomlashuv mexanizmlari
Shoxidaxon Alijon qizi KURBANOVA dotsent v.b. filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Kokand university Andijon filiali Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada ingliz va o‘zbek ilmiy diskursida metadiskursiv markerlar orqali til modelining epistemik maqomlashuv mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot modelning nazariy maqomi uning ichki konseptual tuzilishidan tashqari, qanday diskursiv strategiyalar bilan taqdim etilishiga ham bog‘liqligini asoslaydi. Ingliz diskursida mualliflik markerlari va ehtimollik ko‘rsatkichlari modelni individuallashtirilgan va muhokamaga ochiq nazariy konstruktsiya sifatida verballashtiradi. O‘zbek diskursida esa umumlashtiruvchi formulalar, passiv konstruktsiyalar va qat’iylik bildiruvchi birliklar modelni jamoaviy tasdiq asosida legitimlashtiradi. Natijada epistemik mas’uliyatning individuallashtirilishi va kollektivlashtirilishi ilmiy tafakkurning turli diskursiv shakllarini yuzaga chiqarishi aniqlanadi. Tadqiqot metadiskursni ilmiy matnning periferik elementi emas, balki nazariy bilimni maqomlashtiruvchi markaziy epistemik mexanizm sifatida talqin etilgan.
Tayanch so‘zlar: metadiskursiv markerlar, til modeli, epistemik maqomlashuv, ilmiy diskurs, legitimlashtirish strategiyasi, mualliflik pozitsiyasi, epistemologik ochiqlik, normativlik, qiyosiy tahlil.