Xalqaro informatika olimpiadasi sovrindorlari va ularning ustozlari taqdirlandi
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar hamda ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Marosimda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslarida muvaffaqiyatli iştirok etib, 1 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritgan milliy terma jamoamiz vakillari ham eʼtirof etildi.

Olimpiadada kumuş medalga sazovor bölgan Jahonali Xaydaraliyevga 673 million söm, bronza medali sohiblari Timur Kadirbergenov, Uluğbek Rakhmatullayev va Jahongirşoh Avazxonovlarning har biriga esa 440 million sömdan ortiq pul mukofoti topşirildi.

Şuningdek, öquvçilarning xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erişişiga katta hissa qöşgan ustozlar ham moddiy rağbatlantirildi.
N. Rahmonova, ÖzA