Beş şartlik sinov: yilning eng yaxşi axborot-kutubxona mutaxassislari eʼlon qilindi
Buxoro azaldan ilm-maʼrifat va kitobxonlik beşigi sanaladi. 16–20-noyabr kunlari qadimiy kent yana bir bor mamlakatimiz axborot-kutubxona sohasi vakillarini bir davraga jamladi.
Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazining 105 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi sohadagi yangilanişlar, ilğor tajriba va istiqbolli ğoyalar maydoniga aylandi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va aholi örtasida kitob öqişga qiziqişni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori kutubxonaçilik faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, soha xodimlarini qöllab-quvvatlaşda mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda. Haftalik dasturidan örin olgan uçraşuvlar, seminar va mahorat darslari, yangi loyihalar taqdimoti ayni şu vazifalarning amaliy ifodasi böldi. Ular mutaxassislarga nafaqat özaro tajriba almaşiş, balki zamonaviy kutubxonaçilik imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.
Haftalikning eng muhim va kutilgan tadbirlaridan biri “Yilning eng yaxşi axborot-kutubxona mutaxassisi – 2026” körik-tanlovining respublika bosqiçi böldi. 17–18-noyabr kunlari Buxoro şahrida ötkazilgan bellaşuvda Özbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, viloyatlar hamda tuman va şahar axborot-kutubxona markazlarining eng sara mutaxassislari öz mahoratini sinovdan ötkazdi.
Kutubxonaçi kasbining nufuzini oşiriş, ilğor iş uslublarini ommalaştiriş va sohaga yangiça ğoyalarni olib kirişga qaratilgan tanlov beş şartni qamrab oldi. Iştirokçilar dastlab “Oq va qora” şartida tezkor fikrlaş hamda mantiqiy muşohada qobiliyatini namoyiş etdi. “Savol-javoblar” bosqiçida sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar böyiça bilimlar sinalgan bölsa, “Badiiy asar bilimdoni” şarti mutaxassislarning adabiy didi va mutolaa saviyasini oçib berdi. Ayniqsa, “Sohaga taklif etadigan startap loyiha” şarti jonli bahs-munozaralarga boy keçdi. Unda kutubxona faoliyatini takomillaştiriş, xizmatlar sifatini oşiriş va zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişga doir amaliy taşabbuslar taqdim etildi. Yakuniy test sinovlari esa iştirokçilarning nazariy tayyorgarligiga xolis baho berdi.
Ikki kun davom etgan bahslar yakunida sohaning eng bilimdon mutaxassislari nomi maʼlum böldi. Hakamlar hayʼati xulosasiga köra, Toşkent şahridagi “Bilim” axborot-kutubxona markazi boş bibliografi Şarifajon Matyaqubova birinçi öringa munosib topildi. Ikkinçi örin Özbekiston Milliy kutubxonasi vakili Xusnora Aşurmetovaga, uçinçi örin esa buxorolik mutaxassis Taxmina Luqmonovaga nasib etdi.
— Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan tajribali hamkasblar bilan bir maydonda bellaşiş ham masʼuliyatli, ham nihoyatda zavqli böldi, — deydi tanlov ğolibi Şarifajon Matyaqubova. — Töğrisi, bu yerda gap faqat birinçi örinni egallaşda emas. Har bir şart, ayniqsa startap loyihalar taqdimoti bizni bugungi kutubxonaçi qanday bölişi kerakligi haqida yanada çuqurroq öylaşga undadi. Hamkasblarimning izlanişlarini körib, sohamiz kelajagiga işonçim yanada ortdi. Bu ğalabani yolğiz özimniki deb bilmayman. Bu meni hamişa qöllab-quvvatlab, yangi ğoyalarga ilhomlantirib kelayotgan “Bilim” markazimiz ahil jamoasining yutuğidir.
Bugun axborot-kutubxona muassasalari oldida şunçaki kitob fondini saqlaş emas, balki zamonaviy axborot makonida faol işlaş, elektron resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, ayniqsa yoşlarni mutolaaga qiziqtirişdek dolzarb vazifalar turibdi. Kutubxona jamiyatning tirik maʼrifat markaziga aylanişi esa, avvalo, unda mehnat qilayotgan fidoyi va izlanuvçan mutaxassislarga boğliq.
Buxorodagi “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” haftaligi va uning doirasidagi respublika tanlovi şuni yana bir bor tasdiqladi. Sohada yangiça fikrlaydigan, kasbini çin dildan sevadigan mutaxassislar safi kengayib bormoqda. Demak, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyati va zamonaviy kutubxonaçilikning ertangi kuni işonçli qöllarda.
Hafiza Karimova,
Toşkent şahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori.
ÖzA