Qaşqadaryolik yana bir öquvçi SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball töpladi!
Qaşqadaryo yoşlari xalqaro taʼlim maydonida yuqori natijalarni qayd etişda davom etmoqda.
Bu safar Qarşi şahridagi Prezident maktabining 10-sinf öquvçisi Nosirov Xuşnudbek xalqaro SAT imtihonida maksimal — 1600 ball töpladi.
Eʼtiborlisi, bu viloyatimizda SAT imtihonida qayd etilgan yagona maksimal natija emas. Avvalroq Koson tuman ixtisoslaştirilgan maktabining 11-sinf öquvçisi Xalimov Murodjon ham uşbu xalqaro imtihonda 1600 ball töplagan edi. Davlatimiz rahbari ham Murodjonning yutuğini alohida eʼtirof etib, iqtidorli yoşlar uçun aniq fanlarni xorijiy tillarda öqitiş imkoniyatlarini kengaytiriş muhimligini taʼkidlagan edi.
Bir viloyatdan ikki nafar öquvçining xalqaro SAT imtihonida maksimal natijani qölga kiritişi — yoşlarimizning bilim salohiyati, ustozlarning mehnati va taʼlimga bölgan intilişning yorqin namunasidir.