Xalqaro minbar

O‘zAning “Xalqaro minbar” rukni uchun bu gal Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Hino Rabboniy Khar “Diplomatiyada ayollarning o‘rni juda muhim” maqolasini taqdim etdi.

Muallif haqida:

Hino Rabboniy Khar 1977-yil 19-noyabr kuni Pokistonning Multan shahrida nufuzli siyosatchi va panjoblik yirik yer egasi G‘ulom Rabboniy Khar oilasida tug‘ilgan. U dastlab Laxordagi nufuzli Menejment fanlari universitetini imtiyozli diplom bilan tugatib, bakalavr darajasini oldi, keyin Massachusets shtatidagi Amxerst universitetini ham imtiyozli diplom bilan tugatib, magistr darajasini qo‘lga kiritdi.

2002-2008-yillari otasi saylangan Panjobdagi Muzaffargarh saylov okrugidan Milliy Assambleya a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha payt Assambleya avtoritar Prezident Parviz Musharraf partiyasi – Pokiston musulmon ligasining bir qismi edi. 2008-yil u Musharrafga muxolif hisoblangan Xalq partiyasiga o‘tdi.

2003-2005-yillari parlamentning iqtisodiyot bo‘limi kotibi edi. 2005-2007-yillarda Iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri lavozimida ishlagan. 2008-yil Milliy Assambleya a’zosi etib qayta saylandi. 2008-2011-yillari Moliya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat vaziri lavozimida ishlagan. 2009-yil 13-iyunda Hino Milliy Assambleyada davlat byudjetini taqdim etgan ilk ayol sifatida tarixga kirdi.

2011-yil 12-fevraldan 18-iyulgacha tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri bo‘lib ishladi. Shu yil 19-iyuldan Federal tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. Tashqi ishlar vaziri sifatida Ko‘rfaz arab davlatlari va Islom hamkorlik tashkiloti sammitlarida Pokistondan vakillik qilgan. 34 yoshida ushbu yuqori lavozimni egallab, 2013-yil 6-martgacha faoliyat olib borgan qahramonimiz mamlakatda TIV rahbar lavozimiga ko‘tarilgan eng yosh siyosatchi ayol sifatida e’tirof etilgan.

Diplomatiyada ayollarning o‘rni juda muhim

Tan olish kerak, ayollarning diplomatiyadagi ishtiroki tarixdan an’anaviy gender masalasi tufayli cheklangan edi. Xayriyat, ijobiy o‘zgarish asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda. So‘nggi yillarda ayollar diplomatiya va xalqaro aloqa sohasida faol ishlashga intilyapti.

Xotin-qizlarning diplomatiya ishidagi murakkab vaziyatlarda tegishli yechim topishi, jumladan bir tomondan o‘z mamlakati yoki jamoasidan vakil bo‘lish, ikkinchi tomondan genderga asoslangan to‘siqlarga qarshi turish o‘rtasidagi muvozanatni topishi o‘ta muhim. Qolaversa, xilma-xillikning o‘ziga xos ahamiyati, muslima ayollarning sohadagi imkoniyat va resursdan teng ulushga ega bo‘lishini ta’minlash ham dolzarb. Boshqacha aytganda, tashqi siyosat sohasida ayollarning rolini oshirishda institutsional ko‘mak hal qiluvchi ahamiyatga ega.

1945-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi ishlab chiqilgan va imzolangandan beri ayollar global boshqaruvda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Ularning yetakchilik uslubi, tajribasi va ustuvor yo‘nalishlari hal etilayotgan masala ko‘lamini kengaytirib, natija sifatini yaxshilaydi. Tadqiqot ko‘rsatadiki, ayollar kabinetda yoki parlamentda ishlab, oddiy odamlarga, atrof-muhitni muhofaza qilishga va ijtimoiy birdamlikka yo‘naltirilgan qonun, qarorlar qabul qiladi. Tinchlik sharoitida va siyosiy jarayonda ayollar faolligini oshirish chora-tadbirlarini ilgari surish xotin-qizlarning tubdan kamsitilishiga qarshi, mohiyatan, tenglikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

BMTga a’zo 193 davlatdan atigi 34 tasida ayollar davlat yoki hukumat boshlig‘i sifatida saylangan. Ko‘pgina mamlakatlarda, erishilgan muayyan yutuqlarga qaramay, turli darajadagi siyosiy lavozimlarda ayollarning global ulushi hamon past: global vazirlar 21, milliy parlament a’zolari 26, mahalliy hukumatga saylanganlar 34 foiz. So‘nggi hisobotga ko‘ra, taraqqiyotning hozirgi sur’atida parlamentda teng vakillikka 2062-yilgacha erishib bo‘lmaydi.

Aslida diplomatiya tarixi qadim zamonga borib taqaladi. Asrlar davomida ayollar diplomatiyada muhim rol o‘ynagan, ammo ularning hissasi ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan. Onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz zalvorli to‘siqlarni yengib o‘tib, diplomatiya sohasida ham jiddiy muvaffaqiyatlarga erishayotganini tan olish vaqti keldi. Shu kungacha 143 mamlakat erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikni konstitutsiyasi darajasida kafolatlagan, 52 davlat hali bu muhim majburiyatni zimmasiga olmagan. Asosiy qaror qabul qilishda ayollar vakilligini oshirish ko‘p tomonlama kun tartibini shakllantirish va amalga oshirishga yordam beradi. 1992-yildan 2019-yilgacha ayollar dunyo bo‘ylab tinchlik jarayoni muzokarachilarining 13, vositachilarning 6, imzolovchilarning ham 6 foizini tashkil qilgan.

Gender tenglikni, barcha ayollar va qizlar huquqi va imkoniyatini kengaytirish Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ham hissa qo‘shadi. 2030 yilgi kun tartibini amalga oshirishda gender nuqtayi nazarini tizimli ravishda integratsiya qilish juda muhim. Ayniqsa, qaror qabul qilish ayollarning teng ishtirokini taqozo etadi.

Eslatib o‘tish o‘rinli, BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida konsensus asosida 24-iyun Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni sifatida e’lon qilingan.

Hino Rabboniy Khar,

Pokistonning sobiq tashqi ishlar vaziri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro diplomatiyada ayollarning o‘rni qanday?