Uchinchi maqola

Nohaq ayblangan erlar, ularning domiga tortilgan ayollar qismati o‘tgan asrning qatag‘on davriga oid mash’umliklardan. Bu davr o‘zining ayanchli xotiralari, minglab millat fidoyilarining nomini qora qilgani bilan, oilalar boshiga kulfatlar yog‘dirib, parokanda etgani bilan tariximizda qoldi.  

Tariximizning bu mash’um sahifalariga bag‘ishlangan birinchi  va ikkinchi maqolalarimizda “vatan xoini”, “xalq dushmani” sifatida qoralangan insonlarning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan ayollarning ayanchli taqdirlari yoritilgan edi.  

Poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i, qatag‘on davri xotin-qizlari qismatini ilmiy tadqiq etib kelayotgan mutaxassis Aziza Ahrorova aybsiz erining ortidan nohaq ayblangan yana bir o‘zbek ayoli — Kimyoxon Ashurova taqdiri haqida so‘zlab berdi:

—  Kimyoxon Ashurova ham turmush o‘rtog‘ining bo‘yniga “ilingan” adolatsiz ayblovlar oqibatida qora kunlarga, kulfatlarga mahkum etilgan o‘zbek ayollaridan biridir. Kimyoxon va O‘rinboy Ashurovlar Dushanbe shahrida qamoqqa olingan. Ular garchand Tojikiston poytaxtida qamoqqa olingan bo‘lsalar-da, o‘zbek farzandlari edi. O‘rinboy Ashurov 1903 yilda, Kimyoxon esa 1909 yilda Farg‘onada tug‘ilib, voyaga yetgan. Ular 1925 yili turmush qurishadi. O‘rinboy Ashurov o‘sha paytlari Marg‘ilon shahar partiya qo‘mitasining ikkinchi kotibi bo‘lib xizmat qilar edi. Bu vaqtda u endigina 22 yoshga, unga turmushga chiqqan Kimyoxon esa 16 yoshga qadam qo‘ygandi. Oradan ikki yil o‘tgach, O‘rinboy aka Andijon okrug partiya qo‘mitasiga mas’ul kotib etib yuboriladi.  

1929-1930 yillarda Moskvada partiya xodimlari uchun tashkil etilgan kurslarda o‘qidi. 1936 yil VKP MQ apparatida ma’lum vaqt xizmat qilgach, O‘rinboy Ashurov Tojikistonga ikkinchi kotib etib tayinlanadi. Ko‘p o‘tmay, u birinchi kotib vazifasini bajara boshlaydi. Ammo bu uning oxirgi lavozimi bo‘ldi.  

1937 yilda ko‘plab davlat vakillari qatori O‘rinboy Ashurov ham hibsga olindi. Shundan keyin Kimyo Ashurova O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘ladi, lekin qaynonasi bunga rozilik bermaydi. Ko‘p o‘tmay, Kimyo Ashurova ham turmush o‘rtog‘ining “aksilinqilobiy faoliyati”ga sherik sifatida hibsga olindi. Qaynonasi esa keliniga Vatanga qaytishi uchun ruxsat bermagani uchun umrining oxirigacha o‘zini kechirolmay o‘tdi.  

Shunday qilib, turmush o‘rtog‘idan birmuncha keyin Kimyoxon ham “xalq dushmani”ning xotini sifatida qamoqqa olindi. Tergovchi Kimyoxondan turmush o‘rtog‘ining aksilinqilobiy-millatchilik faoliyatini dalillovchi ko‘rsatmalar berishni talab etdi, unga tayyor so‘roq qaydnomalarini berib, imzolashni buyurdi. Erining oilada ham, xizmat joyida ham pokiza inson va pokiza rahbar ekaniga amin bo‘lgan Kimyoxon tuhmatdan iborat ko‘rsatmalarga imzo chekishdan qat’iy bosh tortdi.

Kimyo Ashurovaning 3 qizi bo‘lgan. Ona hibsga olinganda Roza 8 yosh, Dinara 5 yosh, Klara 10 oylik edi. Oradan yarim yil o‘tganda bir kuni qamoqxonaga nazoratchi kirib, Kimyo Ashurovaga qizi Klara vafot etganini aytadi. Buni eshitgan Kimyoxon cheksiz g‘am-anduhga botadi.

Tergov tugagandan so‘ng Kimyo Ashurova 5 yilga ozodliqdan mahrum qilingan va jazo muddatini o‘tash uchun Krasnoyarsk o‘lkasiga yuborilgan. Farzandlari taqdiridan xabarsizligi uni kundan-kun yurak-bag‘rini ezib borardi. Xayriyatki, akasi Mirzarahmonning Roza bilan Dinarani o‘z bag‘riga olganini eshitib, ko‘ngli biroz taskin topdi.  

Kimyoxonning turmush o‘rtog‘i 1938 yilda otib tashlandi. O‘zi esa 1942 yilda — 33 yoshida ona yurtiga qaytdi. Afsuski, na erning, na xotinning sovet davlati oldida gunohi bo‘lmasa-da, butun oila yakson qilib yuborilgan.  

Oddiy uy bekasi bo‘lgan ayolning siyosiy ayb bilan uzoq muddatga qamoqqa olinishi va uning eng gullagan yoshlik vaqtlari xo‘rlik, xoru zorlikda o‘tgani “Katta qirg‘in”ning mudhishliklaridan biridir.  

Bu davr faqatgina ziyoli erkaklarni qatag‘on qilish bilan cheklanmay, ularning oddiy uy bekasi bo‘lgan ayollarini ham domiga tortdi. Ko‘pchiligi aybi isbotlanmagani tufayli ozod etilgan. Ammo qamoqxonadagi og‘ir sharoit, ocharchilik, og‘ir mehnat ularning sog‘lig‘ini yo‘qotgan, qilingan zo‘ravonliklar esa ruhiy va ma’nan azob chekishga mahkum etgan.

Sabr va matonat namunasi bo‘lgan bu kabi ayollarimizni hurmat bilan yodga olishimiz, ularning pok ruhlariga hurmat bajo keltirishimiz zarur. Qolaversa, ularning metindek irodasi, sabr-bardoshi, o‘zbek ayoliga xos jasorati namuna olishga, o‘zimiz uchun xulosalar chiqarishga arzigulik.  

Muhtarama Komilova yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xalq dushmani”ning xotini: uning aybi nima edi?