O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida "Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzuida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasiga muttasil e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlar yosh avlodni turli illatlardan asrash, ularning Vatan, jamiyat oldidagi ijtimoiy burchini teran tushuntirish, yigit-qizlarning bilib-bilmay huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yishi sabablarini erta aniqlash, turli ko‘ngilsiz holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishga doir amaliy ishlar bilan uyg‘un olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, bu borada ta’lim muassasalari va ichki ishlar organlarining hamkorligini mustahkamlash va mas’uliyatini oshirish masalalari tahlil qilinib, mazkur yo‘nalishdagi dolzarb vazifalar belgilab olingan edi.

Yurtimizda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha turli tadbirlar, davra suhbatlari, tanlovlar, seminar-treninglar muntazam o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha profilaktika kuni, deb e’lon qilingani yoshlarning bilib-bilmay nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etishi, yo‘ldan adashishini o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Videoselektor yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlaridagi huquqbuzarlik holatlari xolis, chuqur va atroflicha tahlil etildi. O‘quvchi-yoshlarda yurtimizdagi tinch va osuda hayotning qadriga yetish, shukronalik, halollik, kattaga hurmat, kichikka izzat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish pedagogik jamoa, mahalla, oilalar zimmasiga ulkan vazifalar yuklashi ta’kidlandi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning sifati va ta’sirchanligini oshirish, yoshlarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va oqilona tashkil etishda turli fan, badiiy ijodiyot, kasb-hunarga oid to‘garaklar ishini kuchaytirish, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlarni takomillashtirish, o‘quv maskanlarining huquq-tartibot idoralari bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Videoselektor yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlaridagi huquqbuzarliklar tahlil etildi