Tibbiyot yutuqlari: optogenetikaning yaratilishiga olib kelgan kashfiyotlar uchun Nobel mukofoti beriladi
2026-yilgi fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Karl Deysserot, Peter Xegemann va Georg Nagelga optogenetikaning yaratilishiga olib kelgan kashfiyotlari uchun beriladi. Bu haqda Nobel mukofoti rasmiy saytida xabar qilindi.
Ushbu usul olimlarga yorug‘lik yordamida tirik miyadagi ayrim nerv hujayralarining faoliyatini yoqish va o‘chirish imkonini beradi.

Peter Xegemann va Georg Nagel kanalrodopsinni — hujayralarni yorug‘likka sezgir qila oladigan oqsilni kashf etdi. Olimlar bu xususiyat oqsil qaysi turdagi hujayraga joylashtirilishidan qat’i nazar saqlanib qolishini aniqladi. Karl Deysserot ushbu kashfiyotni asab tizimida qo‘lladi.
Ushbu kashfiyotlar asosida ishlab chiqilgan usul “optogenetika” deb nomlandi. U muayyan nerv hujayralarini yuqori aniqlik bilan boshqarish va ularni faollashtirish yoki faoliyatini susaytirish miya ishiga qanday ta’sir qilishini kuzatish imkonini beradi.
M.Qosimova, O‘zA