Vatanparvar inson Davlat bayroğidan foydalaniş qoidalariga qatʼiy amal qiladi
Yaqinda Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil böladi.
Bu muqaddas ramz xalqimizning mustaqilligi, şon-şarafi va tarixiy xotirasini özida mujassam etib, yurtimiz tinçligi hamda buyuk kelajagini dunyoga körsatib turadi. Bu muqaddas ramz BMT peştoqidan tortib, xalqaro maydonlar, sport musobaqalarida hilpirab, qalbimizda çeksiz faxr uyğotadi.
«Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, ilgarigi «Yangi oy va yulduzlarning» degan sözlar «Oq rangli yangi oy va ön ikkita oq rangli beş qirrali yulduzlarning» degan sözlar bilan almaştirildi. Bu bayroğimiz tasviri va maʼnosini yanada aniqlaştirdi. Hilol (yangi oy) — qölga kiritilgan mustaqilligimizni bildiradi.
Ön ikki yulduz — xalqimizning komillikka intilişi, tinçlik va saodat yölini tanlaganini anglatadi.
— Bayroğimizni qayerda va qanday örnatiş kerakligi qonun bilan qatʼiy belgilangan, —deydi Mirobod tumani xalq deputatlari kengaşi deputati, maʼrifat tarğibotçisi Feruza Muhiddinova. — Eng avval bino taşqarisida bayroq dastasi bino fasadi bilan 45 gradusdan ortiq bölmagan burçakni taşkil qilişi va uning pastki qismi yerdan kamida 2,5 metr balandda turişi kerak. Xonalarda va rahbar kabinetlarida bayroq rais yoki rahbar stolining orqasida yoxud öng tomonida, barçaga körinib turadigan holatda joylaşişi, yaʼni polga tegib turmasligi kerak.
Boşqa bayroqlar bilan birga yaʼni, agar biror joyda boşqa davlat yoki taşkilot bayroqlari bilan birga qöyilsa, Özbekiston bayroği doimo ustuvor — markazda yoki öng tomonda (qarab turganda çapda) bölişi lozim.
Şuningdek, devorga vertikal (tik) osilganda esa, hilol va yulduzlar yuqori öng burçakda bölişi, pastki qismi esa yerdan kamida 30 santimetr balandda turişi şart. Qonunga köra, bayroqning eni va uzunligi doimo 1:2 nisbatda bölişi şartligi belgilangan.
Bayroqqa nisbatan beparvolik yoki hurmatsizlik qiliş qonunan taqiqlanadi. Xususan, bayroqni teskari osiş yoki körkini buzadigan holatda işlatiş, yirtilgan, kir, teşilgan yoki rangi öçgan bayroqlardan foydalaniş, uni stol, stul yoki örindiqlarga töşaş, ustki yopinğiç sifatida işlatiş yoxud ustiga biror buyum qöyiş qatʼiyan man etiladi. Şuningdek, tijorat maqsadlarida yoki nodavlat taşkilotlarning reklama va hujjatlarida bayroq elementlaridan foydalanişga ruxsat berilmaydi.
Har kuni işxonamiz yoki mahallamiz binosi oldidagi bayroqqa bir zum mehr bilan boqib ötaylik. Çunki u ota-bobolarimizning asriy orzusi, bugungi kunimizning körki va kelajakka bölgan işonçimizdir.
Nigora Rahmonova, ÖzA