Kuçli uçlikdan joy olişdi
Sirdaryo viloyati öquvçilari yuqori bilim va salohiyatlarini yana bir namoyiş etişib, 14 ta hudud örtasida şakllantirilgan TOP-10 reytingida faxrli uçinçi örinni egallaşdi.
Reytingda hududlarning nufuzli xalqaro olimpiadalarda qölga kiritgan medallari, keyin esa umumiy medallar soni inobatga olingan.
Quvonarlisi, Sirdaryo viloyatidan 4 nafar öquvçi xalqaro fan olimpiadalarida munosib iştirok etib, jami 9 ta medalni qölga kiritdi. Ularning 2 tasi oltin, 3 tasi kumuş va 4 tasi bronza medallaridir.
Bu natija yoşlarning fanga bölgan qiziqişi, bilim oliş yölidagi izlanişlari, ustozlarning maşaqqatli mehnati va taʼlim sohasida olib borilayotgan tizimli işlarning samarasini körsatadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri